Lessenger’da qanday qilib pul ishlash mumkin
Ta’lim kontentini yo’lga qo’ying, rivojlantiring va ko’lamini oshiring.
Eng muhimidan boshlaymiz. Lessenger’da pul ishlash uchun nimalar kerak? Kompyuter, Internet va Telegram ilovasi bo’lgan telefon kerak.
Lessenger qanday afzalliklar beradi
1) O’zingizga ishlash
Lessenger bilan siz komissiya to’lovlarisiz o’zingizga ishlaysiz. Sizning daromadlaringiz to’liq o’zingizga bog’liq ekanligini bilish yanada yoqimliroq ☺
2) Takroriy sotuvlar
Sizda qayta vaqt yo’qotmasdan takroriy sotuvlar bo’lsa, daromadlar ancha ko’proq bo’ladi. Siz har bir takroriy sotuv bilan pul ishlaysiz, bu bilan daromadni oshirasiz. Aks holda siz har safar qayta vaqt sarflashga majbur bo’lasiz.
3) Mijozlar bilan aloqaning osonligi
Mijoz bilan aloqa qanchalik qulay bo’lsa, u shunchalik qiziqarliroq bo’ladi, zero u bilan munosabatlar qurish va ularni davom ettirish osonroq. Lessenger bilan siz Internetda shaxsiy kurslar vitrinasiga, shuningdek Lessenger marketpleysida mavjudlikka ega bo’lasiz, sizning kontentingiz esa Telegramda, yuz millionlab foydalanuvchilarning qurilmasida albatta o’rnatilgan ilovada mavjud bo’ladi.
4) Mijozlarni jalb qilish qimmat emas
Lessenger kurslaringizni marketpleys orqali sotishga yordam beradi, bu bilan o’zingiz mustaqil shug’ullanishingiz zaruratini deyarli bartaraf qiladi. Mijozlarni jalb qilish narxi qanchalik arzon bo’lsa, shu mijozlar sizda bo’lishi uchun pul to’lash shunchalik oson.
Sizga mavjud, izlashni talab qilmaydigan mijozlar kerak. Sizning shaxsiy urinishlaringizdan qat`iy nazar, odamlarni sizga Lessenger yo’llaydi. Asosiysi siz ular uchun foydali bo’lgan kontentni yaratishingiz va natijasini berishingiz.
5) Boshlashga kichik harajatlar
Lessenger bilan o’qitish uchun investitsiyalar kiritishingiz shart emas. O’zingizning birinchi kursingizni mutlaqo bepul yaratishingiz mumkin. Bu endi boshlaganlar uchun juda dolzarb, chunki yarmidan ortiq tadbirkorlik loyihalari birinchi yilning o’zidayoq yopiladi. Ko’p hollarda tajriba va bilim yetmasligi tufayli.☹
6) Barqaror o’suvchi bozor
O’sib borayotgan va keng hajmdagi bozorda boshlash muhimdir. Bunday bozorga ta’lim bozori kiradi. Bugungi kunda bilim egallashga bo’lgan qiziqish har doimgidan yuqori, ammo ta’lim olishga vaqt va e’tiborni jamlash har doimgidan kam va qiyin.
7) Ko’lamlik
Lessenger’da 1000 ta odamga dars o’tish bitta odamga kurs o’tishdek harajatlarni talab qiladi. Sizdan faqat kursni yaratish va uni mukamallashtirish talab qilinadi. Siz hech qanday qiyinchiliksiz mijozlarning maksimal soni bilan ishlashingiz mumkin.
Qanday bilimlarni sotish mumkin
Hozirda har bir odamda boshqa odamlar egallashni istagan bilim va ko’nikmalar bor. Oddiyroq qilib aytganda, siz boshqalar judayam bilishni xohlagan nimanidir bilasiz, yoki shunday kuchli jihatlaringiz borki, boshqalarda bu darajada kuchli emas.
Bilim va ko’nikmalarning har qanday darajasi ortida ma’lum bir qiymatlilik bor, va bu bilimlarga ega bo’lmagan odamlar bunga mos pulni to’lashga tayyor. Tajriba va mutaxassislik qanchalik yuqori bo’lsa, narx shunchalik baland bo’ladi. Shuning uchun ta’limning narxi emas, qiymati bo’ladi.
Bu siz egallagan har qanday mahorat bo’lishi mumkin:
- Ingliz tili;
- Omborxonani boshqarish va tizimlashtirish;
- O’zbekiston marketpleyslarida savdo-sotiq;
- Ijtimoiy tarmoqlarda targeting;
- Tog’ga sayr: qayerga, qanday qilib, nimada va nima;
- Marafonli yugurish: kim bilan, qanday va qayerda;
- O’ziga o’zi xizmatli avtomobil yuvish shaxoblarida avtomobilni yuvish bo’yicha yo’riqnoma;
- va boshqalar.
Siz bilimlarning ma’lum bir darajasiga egasiz. Sizda tajriba bor, va siz bilganlaringizni o’rganish uchun nima qilish kerkaligini bilasiz. Siz buni bilar ekansiz va bunga qanday erishish mumkinligini tushunasiz, demak siz ko’nikmalaringizni boshqalarga yetkaza olasiz.
Masalan, siz farzandingizga qisqa vaqtda o’qishni o’rgatdingiz. Siz buni boshingizdan o’tkazdingiz, siz bolaga nima motivatsiya berishini, qanday materiallardan foydalanishni va qiyinchiliklarni qanday yengib o’tishni bilasiz. Ammo siz professional o’qituvchi emassiz. Lekin boshqa ota-onalar ham xuddi shunaqa. Bu haqida o’ylab ko’rganlar bor, biroq hech qacon bu bilan shug’ullanmagan va amaldagi uslublar va yordamchi materiallar uchun to’lashga rozi.
Lessenger bilan pul topishning farqli tomonlari
Internetda bilimlarni sotishning eng keng tarqalgan usuli - bugungi kunda bu kopirayting, blog yoki sahifa olib boorish va ta’lim roliklarini yaratish. Lessenger – bunday bilimlarni sotiladigan mahsulotga aylantirish, shuningdek ta’lim kontentini osonroq monetizatsiya qilish uchun ajoyib imkoniyat.
Kopirayting
Matnlar yozish bilan pul ishlash mumkin, lekin sizning daromadingiz buyurtmachilarga bog’liq bo’ladi. Agar siz yaxshi yozishni bilsangiz, demak axborot-maslahat materiallari ko’rinishidagi qiziqarli kontentni yarata olasiz va foydalanuvchi u bilan aloqa qilishi uchun dialog ssenariysini tuza olasiz. Siz buni shaxsiy brendingizni rivojlantirishingiz yoki daromad olish maqsadida bajarishingiz mumkin.
Sayt egalarini ba’zan oldindan bilib bo’lmaydi, Lessenger orqali sotish esa xavfsizroq va ishlab topilgan mablag’ni olishingizni kafolatlaydi, chunki siz o’zingizga ishlaysiz.
Shaxsiy blog yoki kanal yaratish
Siz biror bir mavzudagi blog yoki kanalni olib borishingiz mumkin, u yerga tomoshabinlarni jalb qilib, natijada mashhurlik hisobiga pul ishlashingiz mumkin, yoki xuddi shuni interfaol material ko’rinishida yaratib, odamlarga nafaqat bilib olish, balki anglash va materialni tushunganligini tekshirishda yordam berishingiz mumkin.
Masalan, siz Telegramning turli funksiyalari, O’zbekistondagi mutaxassisliklar va ular o’qitilayotgan universitetlar, raqamli davlat xizmatlari va ular bilan bog’liq raqamli mahsulotlar bilan ishlash bo’yicha bir nechta darslarni yaratishingiz mumkin. Juda katta o’zgarishlar sodir bo’lmoqda, va odamlar ularni o’rganish va paydo bo’layotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish va bu uchun to’lashga tayyor. Bu daromadingiz manbaiga aylanishi mumkin.
O’rgatuvchi roliklarni yaratish
Reklamada pul ishlash mumkin, ammo sizning daromadingiz reclama beruvchilar va ko’rishlar soniga bog’liq bo’ladi. Agarda siz daromadingizni birmuncha ko’proqqa oshirishni istasangiz, roliklarni matnlar va topshiriqlar bilan to’ldirgan yaxshiroq, bu bilan to’laqonli kurs yaratgan bo’lasiz. O’shanda siz mahsulotingiz narxini o’zingiz belgilaysiz.
Individual teskari aloqani qo’shish bilan esa siz daromadni bir necha karraga oshira olasiz. Yordamchi sifatida Lessengerni tanlang. Lessenger vaqtingizni tejaydi va qolgan jarayonlarni avtomatlashtiradi.
O’zini o’zi band qilgan to’lovni qanday qabul qiladi
1 qadam
SoliqUz ilovasida o’zini o’zi band qilgan sifatida ro’yxatdan o’tish. O’zini o’zi band qilgan sifatida ro’yxatdan o’tish haqida bu havolada o’qing.
Rasmiylashtirish uchun tavsiya qilinadigan faoliyat turlari:
- Uydagi repetitorlik (1)
- Matn yaratish va uni qayta ishlash (61)
- Ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat (65)
- Onlayn-maslahat berish (67)
2 qadam
ATB “Kapital Bank”da 206 “Talabgacha” hisob raqami hamda ATB “Kapital Bank”dan so’m kartasini ochish, agar bular sizda bo’lmasa. ATB “Kapital Bank” so’m kartasi olingan mablag’ni 206 hisobidan kartaga ko’chirish uchun zarur.
206 hisob raqami va som kartasini ochish uchun ATB “Kapital Bank”ning istalgan filialiga shaxsni taqsdiqlovchi hujjat (pasport, ID karta) bilan murojaat qilishingiz kerak.
Zarur hujjatlar:
- Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID karta)
Hisob ochish uchun sarflanadigan vaqt:
- 206 hisobni ochish – 5 daqiqa, navbatni kutishni hisobga olmaganda.
- Uzcard kartasini rasmiylashtirish- 10 daqiqa, navbatni kutishni hisobga olmaganda.
- Uzcard kartasi tayyor bo’lishi - 3 kunda.
Hisob ochish narxlari:
- 206 hisob – bepul.
- Uzcard kartasi – 30000 so’m.
3 qadam
Loyihangiz uchun logotip yaratish. Bu logotipni sizning xaridorlaringiz Payme sahifasiga kurs uchun to’lashga o’tganda ko’radilar. Logotipni yaratish uchun Logoza va ko’pgina boshqa bepul servislardan foydalanishingiz mumkin.
4 qadam
«INSPIRED» MChJ KX (Payme to’lov tizimi) bilan pulli xizmatlar ko’rsatish to’g’risida shartnoma tuzish, buning uchun +998 78 1502224 telefon raqamiga qo’qg’iroq qilish kifoya. Shartnomani to’liq masofadan turib tuzish mumkin.
Taqdim qilinadigan hujjatlar va ma’lumot:
- O’zini o’zi band qilganligi haqidagi ma’lumotnomaning skan-nusxasi
- ATB «Kapital Bank»dan 206 hisobi ma’lumotlarining skan-nusxasi
- Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID karta)ning skan-nusxasi
- Biznesingiz uchun logotip
- Telefon raqami
5 qadam
Shartnoma imzolanib, Payme’da biznes yaratilgandan so’ng, kassa yarating, unga xaridorlaringizning pullari tushadi, undan esa sizning bank hisobingizga.
Payme’da biznesingizni ochishingizda sizga shartnomangiz ustida ishlaydigan xodim yordam beradi. Shuningdek ushbu yo’riqnomaga rioya qilgan jolda, buni mustaqil qilishingiz mumkin.
Kassani yaratish va uni sozlash haqida batafsil bu yerda o’qing.
6 qadam
Muallifning boshqaruv paneliga Payme to’lov usulini qo’shing. To’lov usulini qanday qo’shish haqida bu yerda o’qing.
Siz to'lovni qabul qilishga tayyorsiz.