Mikrotaʼlim kurslari qanday yaratiladi
Hayot surʼatining oʼsib borishi va kun tartibining oʼta yuklanganligi biz axborotdan qanday foydalanishimiz va uni qanday oʼzlashtirishimizni oʼzgartiradi. Amaliyotda darhol qoʼllash qiyin boʼlgan nazariyani soatlab oʼrganganish oʼrniga tadbirkorlik, oʼquv muassasalari va koʼpchilik oʼquvchilar bugungi kunda mikrokurslarni tanlashmoqda. Ular odatiylardan minimum nazariya va 0% “ortiqcha maʼlumot”, amaliy maslahatlar va aniq yoʼriqnomalarga qatʼiy fokus qaratilganligi bilan farq qiladi.
Siz mikrotaʼlimda oʼzingizni sinab koʼrmoqchi boʼlsangiz, oʼqishda davom eting! Bu nashrda biz mikrotaʼlim uchun kontentni qanday yaratish haqida aytib beramiz.
Mikrotaʼlim nima
Mikrotaʼlim – bu maʼlumot katta boʼlmagan va shu sababli oson oʼzlashtiriladigan boʼlaklarga boʼlinadigan taʼlim usuli. Bu bilan u taʼlimga odatiy yondashuvdan farqlanadi. Masalan, maktab va universitetlarda talabalarni ularning shaxsiy maqsadlariga har doim ham mos kelmaydigan nazariy tushunchalar bilan ortiqcha yuklaydi. Rasmiy taʼlimni oʼtgan har kim, ehtimol, oʼziga savol bergan: “Bunda nima maʼno bor”. Mikrotaʼlim taʼlim mazmuni va uning natijalari orasidagi ana shunday nomuvofiqlikni bartaraf etishga qaratilgan.
Mikrotaʼlim ongli ravishda qisqa muddatlarda aniq bilimlarga ega boʼlish istagida boʼlganlarga toʼgʼri keladi. Bu bilimlar amaliy va oʼquvchining maqsadlariga mos boʼlishi kerak. Mikrokusrlardagi ortiqcha maʼlumotlarsiz darslar mazmuni jamlangan, aniq masalalrni hal etadigan va oʼrganish 5-7 daqiqaga moʼljallangandirlar.
Mikrotaʼlim onlayn taʼlim shakli boʼlgani uchun u vaqtga va joyga oid cheklovlarni bartaraf qiladi. Oila bilan oʼtkaziladigan vaqt yoki sevimli mashgʼulotlardan voz kechish kerak emas, ishga borguncha, tushlik vaqtida yoki istlgan boshqa vaqtda ilm olish mumkin. Eng yaxshisi shu-ki, mikrokurslarni har qanday formatda tayyorlash mumkin, jumladan videodarslar, muloqot emulyatsiyasi, testlar, onlayn-taqdimotlar, Lekin bu hammasi emas.
Mikrotaʼlim kimga va nega kerak
Anʼanavaiy taʼlimda qoʼllaniladigan yoʼndashuvlar koʼp hollarda kun boʼyi ishlaydigan va ishi bilan boshqa muhim mashgʼulotlarni birga olib boradigan yoshi kattalarning ichki talablarini va oʼziga xosliklarini inobatga olmaydi. Bu mikrotaʼlim dolzarbligini koʼrsatadigan aynan oʼsha matn boʼlagi.
Qanday boʼlmasin, mikrotaʼlimdan har kim foyda koʼrishi mumkin, chunki asosida qisqa, jamlangan va amaliy mazmun yotadi. Yosh, maʼlumot yoki karyera darajasidan qatʼiy nazar, biz oʼzimizga kerakli bilimlarni olganimizni his qilganimizda yana yaxshiroq oʼqiymiz, yaʼni taʼlim mazmuni hayotda yoki ishda bizga kerakli boʼlgan koʼnikmalardan tashkil topgan boʼlsa, rasmiy boʼlmasa, va zarur boʼlganda darhol bunday taʼlim mavjud boʼlsa.
Misol uchun, siz loyiha guruhi rahbari degan yangi lavozimga oʼtdingiz. Siz guruh aʼzolari bilan suhbatlashish, ularga samarali teskari aloqani berish kerakligini tushunasiz. Alohida kursga borishga sizda shunchaki vaqt yoʼq. Siz teskari aloqa sanʼati mikrokursini oʼtishingiz mumkin, bu bilan odatiy kun tartibingiz buzilishi va vaqt hamda kuchingizni sarflashni eng kamiga yetkazasiz.
Quyida mikrotaʼlim gʼoyat mos keladigan odamlar turlari keltirilgan:
- Texnologiyalarni juda yaxshi tushunadigan va “raqamli” makonda oʼzini oʼz uyidagidek his qiladigan milleniallar va zumerlar avlodi,
- Ishlab chiqarish va xodimlarning ish tartibini buzmasdan xodimlarini minimal xarajatlar bilan doim oʼqitishi lozim boʼlgan korxonalar,
- Ish joyida rivojlanishni istaydigan, lekin rasmiy taʼlim noqulayliklaridan oʼtishni xohlamaydigan ishlaydigan odamlar,
- Biror narsani tez tushunishi yoki muammoni hal qilishi kerak boʼlgan shaxslar,
- Rivojlanishni va yangi bilimlar hamda koʼnikmalarni oʼzlashtirishni istaydigan, lekin vaqti yoʼq, masofa toʼsigʼi boʼlgan yoki bir narsada eʼtiborni jamlash va sabri yetmaydigan barcha.
Mikrotaʼlim qanday ishlab chiqiladi
Aytib oʼtilgandek, mikrotaʼlim mazmundan koʼra koʼproq uni taqdim qilish va yetkazib berish usuli bilan bogʼliq. Lekin mazmun baʼzi talablarni qondirishi kerak: maqsadga va maʼlum natijaga ega boʼlishi va fragmentlarga boʼlingan boʼlishi kerak. Mikrokusni ishlab chiqish usuli ning oʼzi siz uni qay tarzda yetkazishni rejalashtirganingizga bogʼliq. Bu yoʼqriqnomaning maqsadiga koʼra biz 7ta oddiy bosqichli usulni koʼrib chiqamiz.
1 qadam. Tor mavzuni tanlang
Bu qadam ifodalanishi kabi oddiy — tor mavzuni tanlang. Mavzu qanchalik tor boʼlsa, oʼquvchilar va natijaga yoʼnaltirilgan kontentni yaratish shunchalik oson. Mavzuni aniqlashtirgandan soʼng oʼzingizga zarar yetkazmang va toʼliq mavzuga shoʼngʼimang. Agar sarflangan kuchingiz va vaqtingizga yaxshi javob olishni xohlasangiz, kurs darhol amaliyotda qoʼllanilishi mumkin boʼlgan dolzarb koʼnikmalarni taklif etayotganligiga ishonch hosil qiling.
Masalan, «Boshlovchi menejer uchun eng asosiy koʼnikmalar».
2 qadam. Oʼz auditoriyangizni tanlang
Mikrokurslarni yaratishda har doim maqsadli auditoriya yodingizda boʼlsin. Oʼz mavzuingizni aniqlagandan soʼng kursning maqsadli auditoriyasi suratini tuzing. Bu kurs kim uchun foydali boʼladi? Buning uchun oʼzingizga quyidagi ikkita savolni bering:
(Rasmda bajarilsin. Misol pastroqda. Boshqa koʼrinish kerak.)
- Bu kurs kim uchun: ular nima bilan shugʼullanadi, necha yoshdalar, ularning maʼlumoti qanday?
- Ular nimani koʼproq Afzal koʼradi: viseo, nutq yoki matn?
- Ular ushbu mavzu boʼyicha nimani oldindan bilishadi va nimalarni hali bilmaydilar?
- Ular taʼlimni qanday maqsadda oʼtishmoqda?
(matnga kiritish mumkin boʼlgan rasm misoli)
Mikrokursga darslaringizni joylashtirishdan oldin siz ushbu savollarga javob topishingiz kerak. Oʼz maqsadli auditoriyangizni aniq belgilab boʼlganingizdan soʼng barcha qolgan qarorlar shu auditoriyaning talablaridan kelib chiqishi lozim.
3 qadam. Kursning maqsadini aniqlab oling
Kursning maqsadi yoki uning yakuniy natijasi – kurs natijasida odam nimani oʼzgacha amalga oshira olishi. Bu muhimligi boʼyicha auditoriyani aniqlagandan keyin ikkinchi oʼrindagi qadam, chunki natija sizning tilak va maqsadlaringizdan emas, balki oʼquvchilarning zaruratlaridan kelib chiqishi kerak. Shuning uchun kurs oldiga toʼgʼri maqsad qoʼyish uchun biz bu kusrni kim uchun tayyorlayotganimiz va ularning talablari qandayligini aniqlashtirishimiz kerak.
Masalan, «Kursning oxirida mening tinglovchilarim oʼzlarini yangi menejer lavozimida ishonchliroq his qilishadi».
Masalan, siz boshlangʼich menejerlar uchun rahbarlik va boshqaruv koʼnikmalari boʼyicha kurs tayyorlayapsiz. Rahbarlik oʼz tabiatiga koʼra koʼp qirrali va qiyinligi sababli oldindan hammasini qamrab olishga urinish kurs omadsiz yakun topishiga olib keladi.
Shuning uchun kurs mazmunini tuzishda bu kurs nimasiz toʼliq boʼlmaydi savoliga tayaning, kursning mazmuni nimani oʼz ichiga olishi kerak degan savolga emas. Masalan, qanday boshqaruv koʼnikmalarini kiritmasak biz maqsadga yetmaymiz. Kursning yakuniy natijasi bizga kurs eng kamida nimani oʼz ichiga olishini tushunishimiz uchun kerak.
4 qadam. Kichik masalalar yarating
Endi, kursingizning maqsadi bor ekan, miyani mashgʼul etish vaqti keldi va kursning maqsadiga erishish uchun kerak boʼlgan eng kam bilimlarni aniqlash lozim. Bilamiz-ki, yaxshi boshlangʼich menejerlar ularga qanday boshqaruv uslubi mos ekanligini tushunishadi, ish jarayoni maromida kechishi uchun loyihalarni boshqarish asoslarini biladilar, va odatdagi boshqaruv vaziyatlarini uddalay olishadi.
Bundan kelib chiqib kichik masalalar tuzamiz. Agar kurs tinglovchilari quyidagilarni amalga oshira olishsa oʼzlarini yangi menejer lavozimida ishonchliroq, qulayroq his qilishadi:
- Ularga qanday boshqaruv uslubi xos ekanligini aniqlash.
- Amaliyotda baʼzi boshqaruv masalalarini hal qilish, masalan, belgilangan qoidalarga rioya qilmaydigan xodimga nisbatan.
- Loyihaviy boshqaruvning asosiy yondashuvlarini oʼrganish va ulardan foydalana olishini taqdim etish.
Ular kursning alohida darslari uchun asos boʼladi, yaʼni har bir darsning yakunida oʼquvchilar egallashi kerak boʼlgan aniq bir bilim yoki koʼnikmalar boʼladi.
5 qadam. Darslar mavzusini yarating
4 - qadamda aniqlangan kichik masalalar asosida kurs darslarining mazmuni boʼladigan mavzularni tuzamiz. Kurs darslarini rejalashtirishda quyidagi modelni qoʼllash tavsiya etiladi.
Kurs mazmunini tuzish modeli
Koʼp kurslar quyidagi model boʼyicha tuziladi:
- Bilib olish;
- Tushunish;
- Bajarish, va
- Anglash
Bu modelga koʼra, har safar yangi tushuncha kiritilganda, biz:
- Oʼquvchiga tushunchani taqdim etish va tanishtirish;
- Savol yoki topshiriq berish, va u topshiriqni toʼgʼri tushunganligiga ishonch hosil qilish;
- Oʼquvchini bu bilimlarni amaliyotga qoʼllashga undashimiz; va
- Boʼlib oʼtganni anglashi uchun oʼquvchiga imkoniyat berishimiz lozim.
Mikrokurslar oʼzida nazariya bilan amaliyotni va vaziyatlarni tahlil qilishni teng nisbatlarda saqlaganda yanada samaraliroqdir. Bunday taʼlim yanada pragmatik boʼladi.
Bu tavsiyaga rioya etgan holda, biz har bir kichik masalani ikkita modelga boʼlishimiz mumkin: birinchisini “Bilib olish va tushunish” uchun va ikkinchisini “Bajarish va anglash” uchun.
Umumman olganda, agar siz mikrokurslarni yaratishni endigina boshlayotgan boʼlsangiz, kursingizdan har bir tushunchani olib, uni ikki kunlik taʼlimga boʼlishni tavsiya etamiz, birinchi kunni “Bilib olish va tushunish” qismiga, ikkinchi kunni esa “Bajarish va anglsh” qismiga bagʼishlagan holda. Taʼlim mazmunini tuzish doirasida baʼzida alohida narsalarni bir kunga birlashtirish, baʼzida esa mazmunan toʼlaroq tushunchalarni bir necha kunga boʼlish mantiqqa ega ekanligini tushunasiz.
Masalan, biz kursimizni quyidagi darslarga tashkil iqlishimiz mumkin:
- Rahbarlikning har xil turlari (Bilib olish va tushunish)
- Rahbar uchun oʼz-oʼzini tahlil qilish (Bajarish va anglash)
- Loyihalarni boshqrish asoslari va ularni qoʼllash (Bilib olish va tushunish)
- Vaziyatlar: loyihalarni boshqarish asoslarini qoʼllash (Bajarish va anglash)
- Rahbar ishida odatiy muammolarni muhokama qilish va kurs qatnashchisini baʼzi yondashuvlarni sinab koʼrishga undash (bilib olish, tushunish, bajarish, anglash)
Mikrokurslarni yaratishni oʼzlashtirish davomida siz baʼzi joylarda bu qoidalarga qatʼiyan rioya qila olasiz, baʼzida esa ulardan chekinasiz. Koʼrganingizdek, kursning oxirgi kuniga barcha elementlar kiritilgan, chunki menejerning ishidagi baʼzi muammoli vaziyatlar bilan tanishish uchun toʼliq bir kun ajratish koʼpdir. Qoidalarni buzuvchi xodim bilan vaziytdek ularni tushunish oson, lekin masala yechimi qiyindir.
Bunda mantiqqa tayaning va qiyinroq boʼlgan masalaga koʼproq vaqt ajrating. Amaliyotda biror narsani yaxshi uddalay olish koʼnikmasi buni tushunish va tushuntirishdan muhimroq boʼlsa, masalan, yaxshi rahbar boʼlish koʼnikmasi kabi, unda vaziyatlarni va amaliyotni tahlil qilishga koʼproq vaqt ajrating yoki kunning har bir darsiga “Bajarish” elementini qoʼshing.
Agarda siz mavzular roʼyxatini tuzayotganda darslarning tartibi haqida oʼylamagan boʼlsangiz, unda buni toʼgʼri amalga oshirmoq lozim. Yodingizda tuting, odam bir narsani tushunmasdan uni harakatga undashning iloji yoʼq. Agarda siz tashkilotda Blokcheyndan foydalanishni koʼrib chiqmoqchi boʼlsangiz va kurs qatnashchilari buning nimaligini bilmasa, unda birinchi bir nechta darslarni shu masalani hal qilishga bagʼishlash zarur. Agarda kurs krizisli holatlarga tayyorlik haqida boʼlsa, buni koʼpincha hamma tushunadi va nima uchun muhimligini biladi, shuning uchun koʼp darslarni Amallarga bagʼishlash mumkin.
6 qadam. Kursni yozish
Bu lahzada biz rejalashtirish jarayonini tugatdik. Eng qizigʼI vaqti keldi – kursni yozish! Ammo darhol dars yozishga tushmang. Avval gʼoyalaringizni bir joyga keltiring. Ayniqsa agarda siz mavjud kurs asosida ishlayotgan boʼlsangiz, avval quyidagi sxema boʼyicha reja-konspekt tuzishga harakat qilib koʼring.
Mavzu: | Boshqaruv uslublari |
Masala: Bu darsning maʼnosi nima? Oʼrganuvchi dars oxirida nimani oʼrganadi? | (Bilib olish, tushunish) Qatnashchi boshqaruvning turli uslublari haqida maʼlumotga ega va qachon qaysi uslub ish berishini tushuntira oladi. |
Ehtimoliy kontent: Men bu yerda nima haqida aytib bermoqchiman? | Siz guruh bilan yangi loyiha boshlayotganingizda, maqsadingizni aytib oʼtasiz va soʼngra: shu zahotiyoq kim qanday vazifani olishini soʼraysizmi? Nazoratni oʼz zimmangizga olib, qolganlarga vazifalarini boʼlishni boshlaysizmi? Bosqichlar, rollar va muddatlarni tavsiflab berasizmi, hattoki har bir bosqich uchun tavsiyalar ham berasizmi? Oʼzingni tushunmoq oʼz rahbarlik uslubingni aniqlashga yordam beradi. Yuqoridagi savollardan kelib chiqib siz kollegial, vazifalarni taqsimlovchi (vakolatlarni beruvchi), avtoritar boʼlishingiz mumkin. Har bir rahbarlik uslubi qachon va nima uchun samarali boʼlishini tushuntirib bering. |
Savollar va resurslar: Kontentning har bir blokidan soʼng oʼquvchiga uning tushunganligini tekshirish yoki harakatga undash uchun qanday savol berish zarur? Darsning qaysi materiallariga kirishga havolani taqdim etish, agar ular bu haqida batafsilroq bilishni istasalar? | "1 dan 10 gacha shkala boʼyicha, bunda 10 – eng yuqori baho, siz oʼzingizni qanchalik rahbar boʼlishga tayyor deb his qilasiz? Uslublar haqida batafsil ertaga gaplashamiz. Yuqorida keltirilganlarga tayanib, rahbarlikning qaysi uslubi sizga xos? Nega? Tugatishimizdan oldin har bir boshlangʼich rahbar uchun muhim boʼlgan kompetensiyalar haqidagi maqolani oʼqib chiqishingizni maslahat beramiz: havola |
Bu yerda sizga mikrotaʼlim yaratish vositasi kerak boʼladi. Buni bir necha daqiqada bir qator kodsiz yaratish imkonini beradigan koʼplab vositalar mavjud.
Masalan, Lessenger — Telegram kabi messenjerlarda dasturiy taʼminotsiz toʼgʼridan-toʼgʼri brauzerda har qanday matn muharrirchisidagidek oson tarzda oraliqli mikrokurslarni yaratishga imkon beradigan platforma. Matnli, tasvirli, audio, videoli interfaol taʼlimni yaratish mumkin, hamda bilimlarni tekshirish uchun darslarni testlar bilan birgalikda taqdim etish mumkin.
Oʼquvchilar esa kurslarni sevimli messenjerlarida oʼtishlari sababli ular hech narsani oʼrnatishlari, sozlashlari va ishga tushirishlari kerak emes. Bundan tashqari, ular interfeys bilan tanishib boʼlishgan, shuning uchun Lessengerʼdagi kurslar intuitiv ravishda tushunarli, va eng asosiysi – doʼstlar bilan odatiy suhbatni eslatadi.
Lessengerʼni amalda baholash uchun bepul kurslardan birini oʼting.
7 qadam. Kurni ishga tushirish
Koʼpchilik qurilmalar kurslarni yoritib berish uchun taʼlimni boshqarish tizimi boʼlishini talab qiladi. Lessengerʼning noyonbligi hech qanday qoʼshimcha tizimlar yoʼqligidadir. Taʼlim jarayoni oʼquvchining sevimli messenjerida oʼtadi. Shunchaki kursni oʼzingizning shaxsiy vitrinangizga yoki Lessenjer marketpleysiga joylashtiring. Kursingizdan oʼquvchilar qanchalik foydalanayotganini oʼrnatilgan tahlil vositalari yordamida tahlil qiling, tuzatishlar kiritng va kurslaringizni mukammallashtiring. Shuningdek foydalanuvchilaringiz bilan bevosita suhbat imkoniyat foydalaning. Batafsil…
Mikrotaʼlim uchun kontent yaratishda tavsiyalar
Mikrotaʼlim kurslarini yaratishning eng asosiy bosqichlarini koʼrib chiqish nihoyasida har bir qadamga qanday yondashish kerakligini oʼylab koʼrish kerak. Sizlarga mikrotaʼlim yaratish jarayonida eʼtiborga olinishi lozim boʼlgan tavsiyalar bilan batafsil tanishib chiqishingizni taklif etamiz.
- Kontentning turli formatlaridan foydalaning. Kimgadir audio-format, kimgadir – matn va tasvirlar toʼgʼri keladi. Bu masalada messenjerlarda mikrokurslar – bu aʼlo tanlov. Ular oʼzlarida matn va u bilan birga keladigan har qanday turdagi multimediani jamlagan (masalan, video, tasvirlar va infografikalar).
- Qoʼllanilishi maksimal boʼlgan vositani tanlang. Bugungi kunda kelajak nafaqat mobil telefonlarga moslashuvchanlikda, balki mobil telefonlarga boʼlgan eʼtibordadir – sizning oʼquv kontentingiz foydalanuvchi eʼtiborini qozona olishida. Agar sizning oʼquv kursingiz oʼzi haqida eslatmasa va foydalanuvchining eʼtibori qaratilgan joyda boʼlmasa, bu eʼtiborni uchlab qolish qiyin.
- Qoʼshimcha manbalar taqdim eting. Mikrotaʼlim rasmiy taʼlimdan ilm olishni “eng zaruri”gacha qisqartirishi bilan ajralib turadi. Agar oʼquvchilarda kurs mazmunidan tashqari savollar paydo boʼlsa qanday yoʼl tutmoq lozim? Oʼquvchilarda qanday savollar kelib chiqishi mumkinligini oldindan koʼra bilishga harakat qiling, va ularga kurs havolasiga tashqi manbalarni kiritgan holda “qoʼshimcha materiallarni” taklif qiling.;>
- Mumkin boʼlgan joyda “storitelling” ishlating. Odamlar eng yaxshisi tajribasidan kelib chiqib oʼqishlari sir emas. Baʼzida bunday tajribaning oʼrnini oʼzgalar tajribasi tarixi egallaydi. Voqealar juda qiziqarliligidan tashqari, hislar bilan boyitilgan, ular keltirib chiqargan jalb etilganlik bilimlarni yodda qoldirishni yaxshilaydi.
- Kontekstni misollar bilan taqdim eting. Storitelling bilan boʼlgani kabi, misollar bilan ham oʼquvchilar baʼzi oʼrgatuvchi tajribaga shoʼngʼishadi. Lekin bunda ular olingan bilimlar bevosita qoʼllanilishini izohlab storitellingni yangi darajaga olib chiqishadi. Shunday qilib, ular oʼquvchilarga yangi koʼnikmalarni qayerda va qanday qoʼllash kerakligi haqida aniq tasavvurga ega boʼlishga yordam beradi.
Lessengerʼda “Storitelling yordamida sotish” kursini oʼting. Bu kurs oʼzining sotish malakalarini oshirmoqchi boʼlgan, ijtimoiy tarmoqlarda qiziqarli, sotishga olib keladigan postlarni yozishni oʼrganmoqchi boʼlgan, ommaviy chiqish koʼnikmalarini yaxshilashni istaydiganlar uchundir. (storitelling yordamida sotish kursi muqovasi)
Xulosa
Biz mikrotaʼlim deb nomlangan tez, oson va amaliy o'rganish usuli tez sur'atlar bilan mashhur bo'lib borayotgan qulaylikka intilayotgan davrda yashayapmiz. Hozirgacha uning qamrovi asosan korporativ dunyoda bo'lgan, ammo hozirgi avlod o'zini yaxshilashga juda kuchli intilmoqda - va shu bilan birga vaqt yetishmasligi. Va mikrokurslar tez natijalarni va'da qiladi. Biz tez oʼzgaruvchan qulaylik izlash asrida yashayapmiz, unda miktotaʼlim deb nomalanadigan tez, oson va amaliy taʼlim usuli ommaviy boʼlib bormoqda. Shu paytgacha uning qoʼllash doirasi faqat korporativ olam edi, lekin zamonaviy avlod oʼzini mukammallashtirishga kuchli intilmoqda – bir vaqtning oʼzida vaqt tanqisligi mavjud. Mikrokurslar esa tezkor natijani vaʼda qilmoqda.
Oʼsib boruvchi mashhurlik milleniallar avlodining oʼziga xosligi va oʼsib kelayotgan zumerlar bilan bogʼliq. Ular juda koʼp vaqt davomida muvaffaqiyat va moliyaviy erkinlik gʼoyalari bilan tarbiyalangan. Hozirgi avlod pul ishlab topmaslikni oʼziga yoʼl qoʼyolmaydi. Agar moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirishni istamasangiz – oʼz ustingizda ishlang, oʼqing va malakangizni oshiring, zamonaviy avlod aynan shunday fikrlaydi. Oʼz-oʼzini oʼqituvchilar - mikrokurslar, onlayn-marafonlar va boshqalarga talab juda oshmoqda.
Mikrotaʼlim ilm olish jarayonini soddalashtirsa-da, bu uni rejalashtirishni soddalashtirishga sabab boʼlolmaydi. Maqsadli auditoriyani aniqlashdan boshlang va mazmunni maksimal darajada qiziqarli va dolzarb ravishda keltirishga harakat qiling. Progressiv fikr yuriting – odamlar oldindan tanlab boʼlgan vositalarni tanlang.
Lessenger bilan oʼzingizning ilk kursingizni mutlaqo bepul yaratib koʼring.