Yakka tartibdagi tadbirkorni ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha ko'rsatmalar
Ushbu maqola mutaxassislar, o'qituvchilar, maslahatchilar hamda qimmatli tajriba va bilimlarga ega, ular bilan bo'lishish va daromadga ega bo'lishni istaganlar uchun qiziqarli bo'ladi.
O’zini o’zi band qilgan shaxsni Davlat soliq xizmati organlaridan mobil ilova yordamida ro’yxatdan o’tkazish bo’yicha yo’riqnoma
Manba: Soliq.uz
Davlat soliq xizmati organlarida o’zini o’zi band qilgan sifatida ro’yxatdan o’tish uchun Play Market’dan SOLIQ mobil ilovasini yuklab olib, o’rnatish zarur.
lovada asosiy oyna ochiladi. Unda:
- Familiya, Ism va Sharifingizni va
- telefon raqamingizni kiriting.
- Ommaviy oferta shartlariga rozilik belgisini qo’ying.
- “Davom etish” tugmasini bosing.
- So’ngra, telefon raqamingizga kelgan besh xonali kodni ilova oynasida ochilgan maxsus maydonchaga kiriting. “Davom etish” tugmasini bosing.
- Ilovaning asosiy sahifasini ko’rasiz. “Umumiy xizmatlar” bo’limidan “O’zini o’zi band qilish” xizmatini tanlang (keltirilgan rasmda qizil aylana bilan ajratilgan)
- “O’zini o’zi band qilish” sahifasiga o’tganda tegishli maydonchaga JShShIRingizni (Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini) kiriting. Bu sizning pasport yoki ID kartangizda keltirilgan o’n to’rt xonali son (rasmda qizil bilan ajratilgan). “Davom etish” tugmasini bosing.
- Keyingi oynada siz o’zingizni rasmga tushirish bo’yicha yo’riqnomani ko’rasiz. “Kamerani ochish” tugmasini bosing. O’zingizni yo’riqnomaga ko’ra suratga tushiring.
- Keyingi oynada sizning suratingiz aylanaga o’rnatilganini ko’rasiz. Suratingiz talablarga mosligiga amin bo’lganingizda, “Tekshirishga yuborish” tugmasini bosing.
- So’ngra sizning sur’atingiz va JShShIRingiz qabul qilinib, tekshirilgandan so’ng ilovangizda quyidagi oyna ochiladi. Agar JShShIR haqiqiy va sur’atingiz talablarga mos bo’lsa va siz kiritgan ma’lumotlar soliq organlarida saqlangan ma’lumotlar bilan bir xil bo’lsa, oynada yashil hoshiyada JShShIR raqamingizni va telefon raqamingizni ko’rasiz. “Davom etish” tugmasini bosing.
- Keyingi oynada siz yana bir bor telefon raqamingizga kelgan besh xonali kodni maxsus katakchalarga kiritishingiz kerak bo’ladi. Raqamlarni kiritgandan so’ng “Tasdiqlash” tugmasini bosing.
- Yangi ochilgan oynada sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz va qo’shimcha maydonchalar ko’rinadi: Faoliyat turini tanlang, Faoliyatning joylashgan joyi (Viloyat) va boshqalar.
- Quyida keltirilgan rasmda siz to’ldirilishi kerak bo’lgan maydonchalarni ko’rasiz. Barcha ma’lumotlaringizni kiritib, “Ro’yxatdan o’tish” tugmasini bosing.
- Keyingi oynada siz shaxsiy ma’lumotlaringiz va uchta taklif etilgan xizmatlarni ko’rasiz. Ulardan birinchisi “Ma’lumotnomani olish” tugmasini bosing.
- Keyingi oynada sizga QR-kod va “Yuklash” tugmasi bilan ro’yxatdan mauvaffaqiyatli o’tganingizni tasdiqlovchi xabar ochiladi. “Yuklash” tugmasini bosib siz “O’zini o’zi band qilish” ma’lumotnomangizni mobil telefoningizga yuklab olasiz.
- Ma’lumotnoma namunasini quyida ko’rishingiz mumkin.
Ma’lumotnomani oling va qonuniy ishlashga imkoniyatingizni faollashtiring!