Lessenger foydalanish qoidalari

MChJ «Sarafan» Bosh direktori Pak Yu. V. Buyrug`i bilan tasdiqlayman

Buyruq №2022-14 2022 yil 1 dekabrdan

Internet-saytdan foydalanishni boshlashdan oldin Sizdan ushbu hujjatni diqqat bilan o’qib chiqishingizni so’raymiz. Saytdan foydalanish faqatgina ushbu shartnomaning shartlariga rioya qilinganda ruxsat etiladi. Ushbu shartnomani qabul qilib, siz quyida keltirilgan shartnomaga rioya qilish majburiyatini o’z zimmangizga olasiz.

«Sarafan» Mas’uliyati cheklangan jamiyati (keyingi o’rinlarda – Ma’muriyat), har qanday shaxsga (keyingi o’rinlarda - Foydalanuvchi) Lessenger internet-saytidan foydalanish qoidalari haqida quyida keltirilgan shartlarda kelishuv tuzishni taklif qiladi.

1. UMUMIY NIZOMLAR

1.1. Ushbu Shartnomada quyidagi terminlar va ta’riflar qo’llaniladi:

Shartnoma — mazkur Foydalanish shartnomasi.

Sayt — "Internet" axborot-telekommunikatsiya tarmog'i orqali "Internet" tarmog`ida saytni identifikatsiya qilishga imkoniyat beradigan domen nomlari va (yoki) tarmoq manzillari bo'yicha kirish ta'minlanadigan elektron hisoblash mashinalari va axborot tizimidagi boshqa ma'lumotlar uchun dasturlar to'plami.

Mualliflik huquqi egasi — shartnoma tuzish orqali Saytda o’z kontentini joylashtirish istagini bildirgan Ma’muriyat mijozi.

Kontent — Mualliflik huquqi egasiga tegishli bo’lgan axborot, tahliliy va maslahatli materiallar, shuningdek elektron shakldagi matn, tasvir, audio va videoyozmalar va aqliy faoliyatning boshqa mahsulotlari majmuasi.

Yetkazib berish – Muallifning Foydalanuvchiga xabarlar bilan darhol almashinish ilovalariga Kontentni yetkazib berishi.

Lessenger platformasi (Platforma) – ma’lumotlar va buyruqlardan tashkil topgan https://lessenger.uz manzili bo’yicha joylashgan veb-saytni o’z ichiga oladigan dastur; dastlabki matn, ma'lumotlar bazalari, audiovizual yaratilmalar, qonun himoyasi ostida bo’lgan boshqa intellektual mulk obyektlari, shuningdek uni ishlatish bo’yicha barcha hujjatlar.

Maxfiylik siyosatihttps://lessenger.uz/privacy-policy manzilida joylashgan, Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash sohasida Ma’muriyatning siyosatini aniqlaydigan hujjat.

1.2. Ushbu Shartnoma 1.1. punktda keltirilmagan tushuncha va terminlarni o’z ichiga olishi mumkin. Bunday holatlarda tushuncha va terminlarning izohlanishi Shartnoma matni va mazmuniga muvofiq bajariladi. Shartnoma matnida tushuncha va terminning bir ma’noli izohi bo’lmagan holatda, birinchi navbatda Saytning sahifalarida foydalanilayotgan tushuncha va terminlarning izohlariga tayanish kerak.

1.3. Sayt O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi taqiqlamagan har qanday usulda Foydalanuvchi tomonidan ishlatilishi mumkin, jumladan:

  • Saytdan foydalanib Kontentni ko’rib chiqish;
  • Mualliflik huquqiga egalarning kontentini olish maqsadida Xabarlar bilan darhol almashinish ilovalariga (messenjerlarga) o’tish;
  • Saytdan boshqa maqsadlarda foydalanish.

1.4. Shartnomaning 1.3 punktida ko’rsatilgan har qanday usullarda Saytdan foydalanish ushbu Shartnomada keltirilgan shartlarning O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Foydalanuvchi tomonidan qabul qilinganligini anglatadi va shunday deb tan olinadi.

1.5. Shartnomani qabul qilgan Foydalanuvchi quyidagilarni tasdiqlaydi:

  • Saytdan foydalanishni boshlashdan oldin Saytda joylashtirilgan ushbu Shartnoma va Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash siyosati (Maxfiylik siyosati) bilan to’liq tanishib chiqqanligini;
  • Ushbu Shartnoma va Maxfiylik siyosatining barcha shartlarini to’liq hech qanday istisnolar va cheklovlarsiz qabul qilganligi va ularga rioya qilishini. Agar Foydalanuvchi ushbu Shartnoma va/yoki Maxfiylik siyosati shartlariga rozi bo’lmasa yoki ular asosida kelishuv tuzishga huquqi bo’lmasa, u darhol Saytdan har qanday usulda foydalanishni to’xtatishi lozim.
  • Ma’muriyatdan reklama-axborot tarqatmalarini qabul qilishga roziligini tasdiqlaydi. Aytib o’tilgan tarqatishlar Foydalanuvchi Kontentga kirish uchun Saytda ro’yxatdan o’tish shaklini to’ldirayotganda ko’rsatgan elektron pochta manziliga amalga oshiriladi.
  • Shartnoma (jumladan uning har qanday qismi) va/yoki unda ko’rsatilgan Majburiy hujjatlar Ma’muriyat tomonidan maxsus ogohlantirishsiz o’zgartirilishi mumkin. Shartnoma va/yoki unda ko’rsatilgan hujjatlarning yangi tahriri Saytda joylashtirilgan paytdan yoki Foydalanuvchini boshqa qulay shaklda xabardor qilish paytidan kuchga kiradi, agar boshqachasi Shartnoma va/yoki undagi majburiy hujjatlarning yangi tahririda nazarda tutilmagan bo’lsa.

1.6. Foydalanuvchi Shartnoma yoki Ma’muriyat tomonidan keyinchalik kiritilgan o’zgarishlarga rozi bo’lmagan holatda, Foydalanuvchi saytdan foydalanishni to’xtatishga majbur.

2. SAYTDAN FOYDALANISH TARTIBI

2.1. Saytning maqsadi quyidagilar uchun Kontent joylashtirish:

- foydalanuvchilarni xabardor qilish va tanishtirish,

- Mualliflik huquqi egasining Kontentiga Foydalanuvchining e’tiborini tortish,

- Foydalanuvchi va Mualliflik huquqi egasi o’rtasida bitimlar tuzish.

2.2. Kontent tafsilotlari Mualliflik huquqi egasi tomonidan mustaqil joylashtiriladi.

2.3. Muallif Foydalanuvchi bilan bitimning narxini mustaqil belgilaydi. Ma’muriyat Foydalanuvchi Saytdan foydalanganda uning biror bir natijaga erishishi bilan bog’liq hech qanday kafolatlarni bermaydi, biror bir foydani, jumladan tijoratga oid foyda borligini kafolatlamaydi, biror bir natijaga erishishni, yoki Foydalanuvchining boshqa ehtiyojlari qondirilishini kafolatlamaydi.

2.4. Saytga kirish Foydalanuvchi uchun bepul, agar boshqasi Sayt sahifalarida ko’rsatilmagan bo’lsa.

2.5. Foydalanuvchi Saytga kirishi, shuningdek statistik ma’lumotlarni, xususan Servisga tashriflar soni ko’rsatkichini yig’ish uchun Ma’muriyat Foydalanuvchini Servisda avtorizatsiya qilish texnologiyasini qo’llashi mumkin.

2.6. Ma’muriyat Saytning kunu-tun ishlashini ta’minlab beradi.

2.7. Foydalanuvchi texnik ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli Saytning vaqtinchalik ishlamasligiga va Sayt va/yoki Kontentga kirishning yo’qolish ehtimoliga qarshi e’tiroz bildirmaydi va buni e’tiborga oladi.

2.8. Ma’muriyat tomondagi ham, Foydalanuvchi tomondagi ham Sayt va/yoki Kontentga kirish imkoniyatining uzilishiga olib kelgan dasturiy-qurilmali xatolar yengib bo’lmaydigan, ya’ni fors-major holatlariga kiradi va bu Ma’muriyatni Shartnoma bo’yicha majburiyatlarini bajarmaganligi uchun javobgarlikdan ozod qilish uchun asos hisoblanadi.

2.9. Ma’muriyat Sayt Foydalanuvchisini nazorat qilish va uning noqonuniy harakatlariga qarshi chora ko’rish huquqiga ega. Biroq ma’muriyat Saytda xulq normalariga va axloq qoidalariga javob bermaydigan Kontentning bo’lmasligiga kafolat bermaydi va Foydalanuvchining noqonuniy amallari uchun javobgarlikni zimmasiga olmaydi.

2.10. Saytda Ma’muriyat roziligi bilan reklama joylashtirilishi mumkin.

2.11. Foydalanuvchi Sayt va/yoki Kontentdan foydalanish bilan bog’liq savollar bo’yicha yordam olish uchun Ma’muriyatning texnik qo’llash markaziga murojaat qilishi mumkin.

2.12. Agar Foydalanuvchining Shartnoma yoki amaldagi qonunchilik shartlariga nomuvofiq bo’lgan noqonuniy amallari haqida Ma’muriyatga ma’lum bo’lsa yoki unda shubha tug’ilsa, u Foydalanuvchiga Saytga yoki uning ba’zi elementlariga kirishni cheklab qo’yish huquqiga ega.

2.13. Ma’muriyat ushbu Shartnomada ko’rsatilmagan boshqa pulli xizmatlarni ko’rsatish huquqiga ega. Pulli xizmatlarni ko’rsatish narxi va shartlari Saytda joylashtirilishi mumkin.

3. FOYDALANUVCHI MAJBURIYATLARI

3.1. Foydalanuvchi O’zbekiston Respublikasining qonunchiligi yoki xalqaro huquq normalariga qarshi deb ko’rilishi mumkin bo’lgan amallar, jumladan intellektual mulk, mualliflik va/yoki tutash huquqlar sohasidagi, shuningdek Platforma, Sayt va Sayt servislarining to’g’ri ishlashining buzilishiga olib keladigan amallarni qo’llamaslikka rozilik beradi.

3.2. Sayt va Platformada joylashtirilgan materiallardan Muallif va Ma’muriyat roziligisiz foydalanish mumkin emas. Sayt ba/yoki Kontentning materiallaridan haqqoniy foydalanish uchun Mualliflik huquqi egasi va Ma’muriyta tomonidan litsenziyali kelishuvlar tuzish (litsenziyaga ega bo’lish) zarur.

3.3. Sayt va/yoki Kontentnig har qanday materialini, jumladan himoyada bo’lgan mualliflik yaratilmalarini iqtiboslaganda, saytga havola majburiydir.

3.4. Foydalanuvchining Saytdagi fikr-izohlari va boshqa yozuvlari O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga va umumiy qabul qilingan odob va axloq normalariga qarshi bo’lmasligi kerak.

3.5. Foydalanuvchi u havolalari sayt va/yoki Kontentda keltirilgan tashqi resurslardan foydalangani uchun Ma’muriyat javobgarlikni zimmasiga olmasligi haqida ogohlantirilgan.

3.6. Foydalanuvchi Sayt va/yoki Kontentning har qanday mazmuni, mualliflik huquqini ro’yxatdan o’tkazish va bunday ro’yxatdan o’tish, tashqi saytlar yoki resurslardan yoki Foydalanuvchining u Sayt va/yoki Kontentda joylashtirilgan ma’lumot yoki tashqi resurslarga havolalardan foydalanib aloqaga kirgan boshqa kontaktlaridan olingan mahsulotlar yoki xizmatlar haqidagi ma’lumotlar bilan bog’liq har qanday ehtimoliy yoki yuz bergan yo’qotishlar va zararlar uchun Sayt Ma’muriyati javobgarlikni zimmasiga olmasligi va Foydalanuvchi oldida bevosita yoki bilvosita majburiyatlari yo’qligi bilan rozi.

3.7. Foydalanuvchi Saytning barcha materiallari va xizmatlari yoki ularning har qanday qismi reklama bilan birga kelishi mumkinligini qabul qiladi. Foydalanuvchi Sayt Ma’muriyatining bunday reklama bilan bog’liq hech qanday javobgarligi va majburiyatlari yo’qligi bilan rozi.

4. MAS’ULIYATLAR VA KAFOLATLAR

4.1. Ma’muriyat mazkur Shartnomaning shartlari buzilishiga javobgar emas, agar bunday buzilish fors-major holatlari ta’sirida kelib chiqqan, jumladan: davlat hokimiyatining amal va dalolatnomalari, sud dalolatnomalari, ijro hokimiyati organlarining taqiqlov dalolatnomalari, yong’in, suv toshqini, yer qimirlashi, boshqa tabiiy ofatlar, elektroenergiya yo’qligi va/yoki kompyuter tarmog’ining ishidagi uzilish (bog’lanish liniyalari ishining buzilishi, uskunaning nosozligi va hok.), ommaviy yig’inlar (zabastovkalar), fuqaroviy tartibsizliklar, sanab o’tilganlar bilan cheklanmasdan har qanday boshqa vaziyatlar, qaysilar Ma’muriyat tomonidan ushbu Shartnoma shartlari bajarilishiga ta’sir qiladi.

4.2. Ma’muriyat quyidagilar natijasida, lekin faqat bular bilan chegaralanmasdan, kelib chiqqan ehtimoliy zararlar, hamda Shartnoma bo’yicha majburiyatlarning bajarilmasligi yoki muqobil bajarilmaganligi uchun javobgar emas:

4.2.1. Uchinchi shaxslarning axborot xavfsizligini yoki Sayt va/yoki Platformaning to’g’ri ishlashini buzishga qaratilgan noqonuniy harakatlari;

4.2.2. Kodlardagi xatolar, kompyuter viruslari va dasturiy ta’minotda kodning boshqa yot fragmentlari tufayli kelib chiqqan Sayt va/yoki Platforma ishining buzilishi;

4.2.3. Foydalanuvchi server va Sayt va/yoki Foydalanuvchi tomonidan Kontentni qabul qilish uchun tanlangan tezkor xabarlar bilan almashinish ilovasining serveri o’rtasida internet-bog’lanishlarning yo’qligi (o’rnatish imkoniyati yo’qligi, to’xtab qolishi);

4.2.4. Operativ-qidiruv tadbirlar doirasida davlat va shahar hokimiyati organlari, shuningdek tashkilotlar tomonidan tadbirlar o’tkazilishi;

4.2.5. Internet tarmog’ida tijorat tashkilotlarining xo’jalik faoliyati davlat boshqaruvining (yoki boshqa tashkilotlar tomonidan boshqarilishi) o’rnatilishi va/yoki ko’rsatilgan subyektlar tomonidan Shartnoma yoki uning qismlarini bajarishni qiyinlashtiruvchi yoki imkonsiz qiluvchi bir martalik cheklovlar o’rnatilishi;

4.2.6. Uchinchi shaxslarning Internet va/yoki kompyuter qurilmasidan foydalanish orqali Shartnoma tuzilgan vaqtdagi umumiy holatni yomonlashtirishga qaratilgan amallari/amallarni bajarmasligi bilan bog’liq boshqa vaziyatlar;

4.2.7. Ma’muriyat tomonidan Sayt va/yoki Platformada profilaktik ishlarning olib borilishi.

4.3. Ushbu Shartnoma bo’yicha huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan barcha baxslar muzokaralar orqali hal qilinadi. Agar Tomonlar ular orasida kelib chiqqan baxslarni muzokaralar davomida hal qila olmasalar, bunday baxslar Ma’muriyat joylashgan manzil bo’yicha O’zbekiston Respublikasining tegishli sudiga e’tiroz tartibiga qatiyan rioya qilgan holda ko’rib chiqilishga topshirilishi kerak. E’tirozga javob muddati e’tiroz qabul qilingan sanadan boshlab 2 (ikki) oyni tashkil qiladi. E’tiroz arizasi Ma’muriyatning Saytda ko’rsatilgan manziliga yuborilishi kerak.

5. MAXFIYLIK VA XAVFSIZLIK

5.1. Sayt Ma’muriyati shaxsiy hayot va maxfiy ma’lumotning dahlsizligini saqlashga mas’uliyatli yondashadi. Sayt Ma’muriyati Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotni Saytda joylashtirilgan Maxfiylik siyosati va O’zbekiston Respublikasining qonunchiligi talablariga muvofiq saqlaydi va qayta ishlaydi.

6. YAKUNIY QOIDALAR

6.1. Ushbu Shartnoma O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tartibga solinadi va talqin etiladi. Mazkur Shartnoma orqali hal qilinmagan savollar O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq hal etiladi. Mazkur Shartnoma bilan boshqariladigan munosabatlardan kelib chiqadigan barcha ehtimoliy baxslar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda hal qilinadi. Ushbu Shartnoma matnining barcha qismlarida, agar aniq boshqasi ko’rsatilmagan bo’lsa, “qonunchilik” termini deganda O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi tushuniladi.

6.2. Agar ba’zi sabablar tufayli ushbu Shartnomaning bir yoki bir nechta qoidalari amal qilmaydigan yoki yuridik kuchga ega emas deb tan olinsa, Shartnoma boshqa qoidalarining amal qilishi yoki qo’llanilishiga bu ta’sir qilmaydi.

6.3. Ma’muriyat tomonidan Foydalanuvchi yoki boshqa Foydalanuvchilar Shartmnoma qoidalarini buzgan holatda Ma’muriyat o’zining manfaatlarini himoya qilish uchun tegishli amallarni kechiktirib qo’llash huquqini yo’qotmaydi, shuningdek keyinchalik o’xshash yoki xuddi shunday qonunbuzarliklar sodir etilganda Ma’muriyat o’z haq-huquqlaridan bosh tortishini anglatmaydi.

7. MA’MURIYAT MANZILI VA REKVIZITLARI

«Sarafan» Mas’uliyati cheklangan jamiyati

STIR: 307215754

IFUT: 63120

Yuridik manzil: Тoshkent sh., Мirzo-Ulug’bek tumani, Yassi ko’ch., 36 uy