Mikrotaʼlim afzalliklari

Mikrotaʼlim afzalliklari

Elektron taʼlimdan koʻprogʻini olishni istaysizmi? Unda kamrogʻi haqida oʻylash vaqti keldi: qisqa davomiylik, kamroq toʻldirilganlik, yanada oson format.

Mikrotaʼlim nima

Nomidan maʻlum: mikrotaʼlim — bu davomiylgi bor-yoʻgʻi bir necha daqiqa boʻlgan, hajmi katta boʻlmagan maʻlumotli taʼlim olish. Mikrotaʼlim kurslari yoki mikrokurslar aniq bir savol yoki muammoga loʻnda amaliy javob berish uchun aʻlo usul hisoblanadi. Onlayn kontentning har qanday turi – video, audio, taqdimotlar, misollar va topshiriqlarni tahlil qilish – mikrotaʼlim koʻrinishida taqdim etilishi mumkin.

Masalan, Telegramda ingliz tili zamonlari boʻyicha ularni chalkashtiradiganlar uchun mikrotaʼlim. U 2ta qisqa, har biri 3-5 daqiqalik darslarni oʻz ichiga oladi, lekin barcha zamonlar yoritilgan. Bir martada xotirani ortiqcha axborot bilan toʻldirmaslik uchun bu 2ta dars 2 kunlik taʼlimga boʻlingan.

Карточка курсов

Oʻquvchilarga mikrokurslar yoqadi, chunki mikrokurslar ularga kerakli maʻlumot va koʻnikmalarni bir zumda olish imkonini beradi. Bundan tashqari, mikrotaʼlim odatda mobil qurilmalar uchun tyaratiladi, bu esa kurslarni istalgan joyda oʻta olish mumkinligini anglatadi.

taʼlimning bunday turini elektron kurslarning mualliflari ham afzal koʻrishadi, chunki mikrokurslar tez va arzon yaratiladi. Mikrokurslarning chat-kurslar kabi suhbat shaklida oʻtadigan alohida formatlari esa butun jarayonni maroqli qilishning aʻlo usulidir.

Hali ham mikrotaʼlimdan foydalanisha ishonchingiz komilmasmi? Bu maqolada biz mikrotaʼlimning kichik qadamlar katta natijalarga olib kelishini isbot etuvchi 7ta afzalliklarini koʻrib chiqamiz.

Bilimlar yaxshiroq yodda qoladi

taʼlim jarayonida oʻquvchi doimo yangi maʻlumotni oʻzlashtirishi va uni chuqur tushunishi lozim. Biroq nemis mutaxassis German Ebbingauz maktab oʻquvchisi bir kundan keyin darslarda keltirilgan maʻlumotlarning 50%ni, bir oy davomida esa – 90%ni unutishini aniqladi. Ebbingauz buni «Yoddan chiqarish qiyshiqligi» deb nomladi.

Yoddan chiqarish qiyshiqligi quyidagicha koʻrinishda:

Кривая забывания Эббингауза

Ebbingauz axborot oraliqli takrorlanilganida ancha yaxshiroq esda qolishini aniqladi. Takrorlaganda oʻquvchilar bilimlarni yaxshiroq oʻzlashtiradi va zarur maʻlumotlarni osonroq eslab qoladi.

Mikrotaʼlim — yoddan chiqarish qiyshiqligiga qarshi haqiqiy qurol. Bir nechta qisqa darslar yordamida bilimlarni yaxshi oʻzlashtirish va ularni ishonchli mustahkamlash mumkin. Bundan tashqari, tadqiqotlar koʻrsatadiki, mikrotaʼlim charchoqni kamaytiradi, chunki u aniq (miya uchun bitta narsada eʻtiborni jamlash osonroq) va qisqa (odam charchashga ulgurmaydi). Oraliqli takrorlash hisobiga esa maʻlumotlar qisqa vaqtli xotiradan uzoq vaqtli xotiraga koʻchadi. Shu tarzda biz bilimlarni toʻplab boramiz.

Yaqinda oʻtkazilgan tadqiqot koʻrsatdiki milleniallar va zumerlar (Z avlod) birgalikda AQSHning butun mehnatga layoqatli aholisining deyarli yarmini tashkil qiladi. Yoshlar texnologiyalarning asl muxlislaridir – ishda ham, oʻqishda ham.

Format oʻquvchilarga yoqadi

Zamonaviy oʻquvchilar samarali, oson va tez qabul qilinadigan maʻlumotlarni xush koʻrishadi. Hayotning jadal kechayotgan surʻati, haddan tashqari yuklangan ish vaqtlar va eʻtiborni jamlash qisqaligi sharoitida mobil onlayn-taʼlim sifatidagi mikrotaʼlim zamonaviy avlodning talablariga mukammal javob beradi.

Har doim ilm olish odatini ishlab chiqadi

Mikrotaʼlim bilan ilm olish uzluksiz jarayonga aylanishi, odatga aylanib qolishi mumkin. Nimaga? Birinchidan, bu maroqliroq taʼlim olish turi. Anʻanaviy auditoriyaviy taʼlimning «qattiqqoʻlligi»dan farqli oʻlaroq mikrotaʼlim tajribasi oʻquvchilarga ular ijtimoiy tarmoqda ekanligi hisini beradi. Ikkinchidan, osonligi tufayli mikrotaʼlim jalb qilinganlik darajasida eng yuqori koʻrsatkichlarga erishmoqda. Jalb qilinganlik darajasi qanchalik yuqori boʻlsa, motivatsiya va oʻqish istagi shunchalik kuchli boʻladi. Ilm olish odati esa – bu baxtli, malakali va xabardor insonning poydevoridir.

Mikrotaʼlimning aynan shu oʻziga xos xususiyati tufayli bu formatga yanada koʻproq L&D mutaxassislari qoʻshilmoqda. Rapid Learning Institute oʻtkazgan soʻroviga koʻra Согласно опросу, 94% L&D специалистов предпочитают микрообучение традиционному электронному обучению.

Vaqtni tejaydi

LinkedIn kompaniyasi oʻtkazgan soʻrov shuni aniqladiki, samarali taʼlim yoʻlidagi eng katta toʻsiq - bu vaqtdir. Bu xulosani Deloitte kompaniyasi oʻtkazgan tadqiqot ham tasdiqladi. Aniqlanishicha, xodim oʻrtacha bir haftada taʼlimga faqatgina 24 daqiqa ajratishi mumkin – bu jami vaqtning 1%i.

Vaqt yetishmasligiga qaramasdan, shunday boʻlsada odamlar avvalgiga nisbatan kuchliroq oʻzlarini mukammallashtirishga intilishmoqda. Hozirgi avlod oʻziga ishlab pul topmaslikni yoʻl qoʻyolmaydi. Ular juda uzoq vaqt muvaffaqiyat va moliyaviy erkinlik gʻoyalari bilan tarbiyalandi va oʻz ustida ishlash, ilm olish va mukammallashish kerakligini biladilar.

Elektron taʼlimning anʻanaviy kurslaridan ancha qisqaroq boʻlgan mikrokurslarga talab yanada oshmoqda. Va aksincha, koʻp vatqni sarflashni talab qiladigan taʼlim bora-bora hashamatga aylanib bormoqda.

Faqat eng keraklisi

Sizning kurslaringiz qanchalik qiziqarli? Agar ikkilanayotgan boʻlsangiz, oʻylab koʻring — ehtimol, siz oʻquvchilarga juda koʻp axborot berishga harakat qilmoqdasiz?! Elektron taʼlim tizimlari foydalanuvchilari agar darslar qisqaroq boʻlsa, ulardan tez-tez foydalanadigan boʻlishardi, deb belgiladilar.

Mikrotaʼlim mashhurligining asosiy sabablaridan biri shu. Format miyamiz maʻlumotni qanday qabul qilishiga mos. Yaxshi mikrokurslar faqatgina kerakli kontentni oʻz ichiga oladi, bu bekorchi gaplarga va mashgʻulotlarga vaqtni sarflamaslik uchun. Qobiliyatlilarni rivojlantirish uyushmasi (ATD) tadqiqoti shuni tasdiqladiki, oʻquvchilarga mikrokurslar anʻanaviy kurslardan koʻra koʻproq yoqadi: shunchaki mikrokurslarni yodda qoldirish va oʻzlashtirish osonroq.

Magellan Health Amerika notijorat kompaniyasining tajribasi qiziq. Kadrlar boʻlimi 6900ta xodimdan yil mobaynida korporativ taʼlim portalidan faqatgina 80tasi foydalanganini hisoblab chiqdi. Mikrotaʼlim tadbiq qilingandan soʻng taʼlim kurslarida 80% xodimlar ishtirok eta boshladi. Endilikda xodimlar har oy 2000ga yaqin mikrokurslarni oʻtmoqdalar.

Mikrokurslar ishlab chiqish tezroq va arzonroq

Vaqt – bu pul, va mikrotaʼlim ikkisini ham tejaydi. Oʻquvchilar vaqtni tejaydi, chunki kurslarni tezroq oʻtishadi. Mualliflar vaqtni tejaydi, chunki mikrokurslar anʻanaviy kurslarga nisbatan tezroq va osonroq yaratiladi.

Korporativ taʼlim sohasi ekspertlari taʻkidlashicha, mikrokurslarni ishlab chiqish 300% ga tezroq, kontentni yaratish narxi anʻanaviy elektrom taʼlim olishga nisbatan ikki barobar kamroq.

taʼlim samarasi yuqoriroq

Mikrotaʼlim oʻquvchilar samaradorligini oshiradi. Mikrokurslardagi darslar bir martada bittadan ortiq boʻlmagan savolni koʻrib chiqishadi, shuning uchun oʻquvchilar eng aniq maʻlumotni tez va samarali olishadi.

Katta boʻlmagan qismlar oʻquvchining eʻtibor hajmini egallaydi. Tegishlicha, oʻquvchining eʻtibori tarqalib ketmaydi, va u butun eʻtiborini anʻanaviy taʼlim shakllaridan koʻra mana shunday hajmi katta boʻlmagan maʻlumotga qaratadi.

APA PsycNet uyushmasi oʻtkazgan tadqiqot doirasida baʻzi oʻquvchilar ish jarayonining oʻziga xos xususiyatlari haqidagi maʻlumotni katta boʻlmagan hajmlarda, boshqa oʻquvchilar esa xuddi oʻsha jarayonni majmuaviy formatda qabul qilishgan. Birinchi guruh oʻquchilar ancha yaxshiroq natijalar koʻrsatdi va jarayonning oʻziga xos xususiyatlarini boshqalarga qiynalmasdan tushuntira olishdi.

Xulosa

Mikrotalim — bu shunchaki yana bir trend emas. Bu oʻquvchilarga yoqadigan format boʻlib, tez samarali taʼlim kontentini yaratishga imkon beradi. Eng asosiysi esa mikrotaʼlim yuqimli va koʻnikish keltirib chiqaradi..