Lessenger maxfiylik siyosati

MChJ «Sarafan» Bosh direktori Pak Yu. V. buyrug`i bilan tasdiqlayman

Buyruq №2022-15 2022 yil 1 dekabrdan

Toshkent sh. 01.11.2022 yildagi tahrir

Lessenger Platformasidan foydalanilganda yig`iladigan ma’lumotlarning ushbu maxfiylik siyosati (keyingi o`rinlarda— «Siyosat») «Sarafan» Mas’uliyati cheklangan jamiyati («Mualliflik huquqi egasi») ning O`zbekiston Respublikasining «Shaxsiy ma’lumotlar haqidagi» 10 qonuniga muvofiq rasmiy hujjati hisoblanadi.

  1. 1. Terminlar va tushunchalar

    1. 1.1. Ushbu Siyosatda quyidagi termin va tushunchalar qo`llaniladi:

      Sayt – "Internet" axborot-telekommunikatsiya tarmog'i orqali "Internet" tarmog`ida saytni identifikatsiya qilishga imkoniyat beradigan domen nomlari va (yoki) tarmoq manzillari bo'yicha kirish ta'minlanadigan elektron hisoblash mashinalari va axborot tizimidagi boshqa ma'lumotlar uchun dasturlar to'plami.

      Lessenger Platformasi (Platforma)https://lessenger.uz manzilida joylashgan ma’lumotlar va buyruqlar birlashmasi ko`rinishida bo`lgan veb-saytni o`z ichiga oladigan dastur; dastlabki matn, ma’lumotlar bazasi, audiovizual materiallar, qonun bilan himoyalangan boshqa intellektual mulk obyektlari, shuningdek uni ishlatish bo`yicha barcha hujjatlar.

      Muallif – o`zini o`zi band qilgan shaxs maqomiga ega bo`lgan, Platformada o`zining onlayn kurslari yoki boshqa kontentni joylashtirish va keyinchalik shunday kontentni O`quvchilarga taqdim etish maqsadida Platformadan foydalanadigan yuridik shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor yoki jismoniy shaxs. Ushbu ofertaning maqsadlari uchun kontent sifatida har qanday materiallar tushuniladi, jumladan audiovizual, matn shaklidagi va boshqa yaratilmalar, shuningdek sara materiallar, fonogrammalar, ijrolar va boshqa o`zaro bog`liq huquqlar obyektlari.

      O`quvchi – Muallifning Platformada joylashtirilgan kontentiga kira olish uchun Sayt va Platformadan foydalanadigan shaxs.

      Maxfiylik siyosati – Mualliflik huquqi egasining Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash doirasidagi amallar tartibini aniqlaydigan va https://lessenger.uz/privacy-policy manzil bo`yicha joylashgan hujjat.

      Shaxsiy kabinet – Platformaning shaxsiylashtirilgan bo`limi, unga kirish uchun autentifikatsiya ma’lumotlari: login (foydalanuvchi nomi) va parol (kirish kodi) kiritilishi kerak. Shaxsiy kabinetga kirish Platformada ro`yxatdan o`tgandan so`ng mumkin bo`ladi.

      Shaxiy ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan qayta ishlanishi – hisob texnikasi yordamida shaxsiy ma’lumotlarning qayta ishlanishi.

    2. 1.2. Ushbu Siyosat 1.1. punkta keltirilmagan tushunchalar va teminlarni saqlashi mumkin, bunday vaziyatlarda tushuncha va terminlarni talqin qilish Siyosatning matni va ma’nosiga muvofiq amalga oshiriladi. Siyosat matnida tushuncha va terminning bir ma’noli talqini bo`lmagan taqdirda birinchi navbatda Sayt sahifalarida foydfalaniladigan tushuncha va terminlarni talqin qilish qoidalariga rioya qilish lozim.
  2. 2. Umumiy qoidalar

    1. 2.1. Ushbu Siyosat Platforma funksionalidan foydalanilganda Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini yig`ish, saqlash va himoya qilish tartibini tushuntirib beradi.
    2. 2.2. Foydalanuvchilar ushbu Siyosatga muvofiq “Roziman” chek-boksini qo`yish yo`li bilan hamda Shaxsiy kabinetni Platformada ro`yxatdan o`tkazish bilan shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga rozilik beradilar.
    3. 2.3. Sizdan Siyosatni diqqat bilan o`qib chiqishingizni so`raymiz, bu Sizga uning qo`llanilish doirasini tushunishga va bizga o`zingizning shaxsiy ma’lumotlaringizni taqdim etish to`g`risida ongli ravishda qaror qabul qilishingizga yordam beradi. Bu shartlarga rozi bo`lmagan taqdirda Foydalanuvchi Platformadan foydalanmasligi lozim.
    4. 2.4. Ushbu Siyosat istalgan vaqtda oldindan ogohlantirishsiz o`zgartirilishi, almashtirilishi yoki yo`q qilinishi mumkin. Biz Sizga oxirgi ma’lumotlarga ega bo`lish uchun vaqti-vaqti bilan ushbu sahifani ko`rib chiqishingizni tavsiya qilamiz. Agar Siz ushbu Siyosatning yangi versiyasi bilan rozi bo`lmasangiz, Siz Platformadan foydlanishni to`xtatishingiz kerak.
  3. 3. Foydalanuvhilarning shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash maqsadlari

    1. 3.1. Platforma Foydalanuvchisining shaxsiy ma’lumotlari Mualliflik huquqi egasi o`zining ommaviy ofertada ko`rsatilgan majburiyatlarini bajarishning quyidagi maqsadlarida qayta ishlanadi:

      1. 3.1.1. Platformadan foydalanish imkoniyatini taqdim etish;
      2. 3.1.2. Platformadan foydalanayotgan Foydalanuvchini identifikatsiyadan o`tkazish;
      3. 3.1.3. Foydalanuvchi bilan teskari aloqani o`rnatish, jumladan Platforma funksionalidan foydalanish, xizmat ko`rsatish, Foydalanuvchining talablari va atrizalarini qayta ishlashga oid xabarlarni yuborish;
      4. 3.1.4. Mualliflik huquqi egasining qonunga xilof yoki taqiqlangan harakatlarini aniqlash va/yoki bartaraf etish;
      5. 3.1.5. Shaxssizlantirilgan ma’lumotlar asosida statistik va boshqa tadqiqotlarni o`tkazish;
      6. 3.1.6. Platforma sifatini yaxshilash va undan foydalanish qulayligini oshirish, hamda dasturiy ta’minotning xatolarini aniqlash va bartaraf etish.
  4. 2. Mualliflik huquqi egasi qayta ishlaydigan shaxsiy ma’lumotlar toifalari

    1. 2.1. Ushbu Siyosatda ko`zda tutilgan maqsadlarga erishish doirasida Mualliflik huquqi egasi Foydalanuvchilarning quyidagi toifadagi shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashni amalga oshiradi:

      1. 2.1.1. har bir Foydalanuvchi Shaxsiy kabinetda ro`yxatdan o`tish shaklini to`ldirish davomida taqdim etadigan ma’lumot:

        1. 2.1.1.1. Familiya va ism;
        2. 2.1.1.2. Elektron pochta manzili;
        3. 2.1.1.3. Foydalanuvchi xohishiga ko`ra boshqa ma’lumot.
    2. 2.1.2. avtomatik ravishda yig`iladigan texnik ma’lumot. Foydalanuvchi Platformadan foydalanganda Mualliflik huquqi egasi foydalanish bilan bog`liq ma’lumotlarni kuzatadi va to`playdi, bularga kirish sanasi va vaqti, qurilma identifikatsiyasi, operatsion tizim, brauzer turi va IP-manzil. Bu ma’lumotlar Mualliflik huquqi egasiga xavfsizlik va Platormaning uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun kerak.
  5. 3. Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash usullari va shartlari

    1. 3.1. Mualliflik huquqi egasi Foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlarining avtomatlashtirilgan qayta ishlovini amalga oshiradi.
    2. 3.2. Foydalanuvchi tomonidan cheksiz shaxslarga o`zi haqida ixtiyoriy ravishda ma’lumot taqdim etish holatlaridan tashqari Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotiga nisbatan maxfiylik saqlanadi.
    3. 3.3. Mualliflik huquqi egasi Foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotni uchinchi shaxslarga amaldagi qonunchilik, davlat organlari talablari, sud ishlari, sud qarori yoki sud jarayoniga muvofiq oshkor qiladi.
    4. 3.4. Shunga e’tiborni qaratishimiz lozim-ki, Mualliflik huquqi egasi Foydalanuvchining bank kartasi ma’lumotlarini qayta ishlamaydi. Foydalanuvchilar bank kartasi ma’lumotlarining qayta ishlanishi Platformaga integratsiya qilingan to`lov slyuzlari tomonidan amalga oshiriladi.
    5. 3.5. Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash, jumladan saqlash ham quyida izohlangan shartlarning hech bo`lmasa bittasiga erishilgunga qadar davom etadi:

      1. 3.5.1. qayta ishlashning maqsadiga erishilganda;
      2. 3.5.2. Foydalanuvchi tomonidan Shaxsiy kabinetning Platformadan yo`q qilinishi;
      3. 3.5.3. Foydalanuvchi tomonidan uning shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga roziligining bekor qilinishi;
      4. 3.5.4. qo`llaniladigan qonunchilikka rioya qilinishiga javobgar organ yoki boshqa vakolatli organlar tomonidan qo`llaniladigan sanksiyalar.
    6. 3.6. Ushbu Siyosatning 5.5 punktida keltirilgan shartlar yoki shartlardan bittasi bajarilganda, Mualliflik huquqi egasi:

      1. 3.6.1. Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini yo’q qiladi yoki
      2. 3.6.2. ular aniq bir Foydalanuvchiga bog’lanmagan bo’lishlari uchun ularni shaxssizlantiradi.
    7. 3.7. Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini yo’q qilish yoki shaxssizlantirish tartibi Mualliflik huquqi egasining ichki normativ dalolatnomalari bilan belgilanadi.
  6. 4. Shaxsiy ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlash

    1. 4.1. Mualliflik huquqi egasi Foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlarining noqonuniy yoki tasodifan oshkor bo’lishi, yo’q qilinishi, o’zgarishi, bloklanishi, nusxalanishi, tarqalishi, shuningdek uchinchi shaxslar tomonidan boshqa noqonuniy amallardan himoyalanishining tashkiliy va texnik chora tadbirlarini ko’rishi kerak. Bizga taqdim etilgan shaxsiy ma’lumotni himoya qilish uchun Mualliflik huquqi egasi shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashning barcha bosqichlarida umumiy qabul qilingan soha standartlariga rioya qiladi.
    2. 4.2. O’zbekiston Respublikasining 02.07.2019 yildagi O’RQ-547 sonli “Shaxsiy ma’lumotlar to’g’risidagi” Qonuniga muvofiq Mualliflik huquqi egasi qonunchilikda nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash uchun zarur bo’lgan choralar mazmuni va ro’yxatini mustaqil belgilaydi.
    3. 4.3. Shaxsiy ma’lumotlar himoyasiga quyidagilar orqali erishiladi:

      1. 4.3.1. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash va himoyalash uchun javobgarni tayinlash;
      2. 4.3.2. Ushbu Siyosatni tasdiqlash;
      3. 4.3.3. Foydalanuvchilar shaxsiy ma’lumotlarini saqlaydigan ma’lumotlar bilan ishlash uchun Xodimlarga ularning lavozimlik (vazifaviy) majburiyatlariga muvofiq ruxsat berish;
    4. 4.4. Foydalanuvchi o’zining shaxsiy ma’lumotlarini himoyalashni o’zining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga roziligini bekor qilish yo’li bilan yoki qonunchilikda ko’rsatilgan boshqa usullar bilan amalga oshiradi.

      1. 4.4.1. Foydalanuvchi o’zining Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga roziligini Mualliflik huquqi egasiga Toshkent sh., Mirzo-Ulug’bek tumani, Yassi ko’ch., 36 uy manziliga pochta orqali xabar yuborishi yoki elektron shaklda support@lessenger.uz manzilga murojaat qilishi orqali bekor qilishi mumkin. Tegishli xabar qabul qilingandan so’ng Mualliflik huquqi egasi 10 (o’n) kun ichida murojaat qilgan Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashni to’xtatadi va barchasini yo’q qiladi.
    5. 4.5. Mualliflik huquqi egasi Foydalanuvchi bilan birgalikda Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari yo’qolishi yoki oshkor bo’lishi tufayli kelib chiqqan zararlar yoki boshqa salbiy oqibatlarning oldini olish bo’yicha barcha choralarni ko’radi.
    6. 4.6. Shaxsiy ma’lumotlar yo’qolganda yoki oshkor bo’lganda Mualliflik huquqi egasi Foydalanuvchini shaxsiy ma’lumotlar yo’qolganligi yoki oshkor bo’lganligi haqida xabardor qiladi.
  7. 5. Tomonlar majburiyatlari

    1. 5.1. Foydalanuvchi:

      1. 5.1.1. Platforma funksionali tomonidan foydalaniladigan zarur shaxsiy ma’lumotni taqdim etishi shart. Bunday ma’lumotga ism va familiya, elektron pochta manzili, boshqa siz ochiq qilishga qaror qilgan har qanday ma’lumotlar kiradi. Platforma qabul qilingan ma’lumotlarni faqatgina Siyosatda aytib o’tilgan maqsadlarda ishlatadi.
      2. 5.1.2. O’z shaxsiy ma’lumotlarini taqdim etganda Foydalanuvchi u tomonidan taqdim etilgan ma’lumot aniq, dolzarb va to’liq ekanligini kafolatlaydi.
      3. 5.1.3. Foydalanuvchi o’zining qayd yozuvi va paroli maxfiyligiga javobgar, jumladan o’zining Shaxsiy kabineti va Foydalanuvchi Shaxsiy kabinetiga kirishni amalga oshirishga yordam beradigan har qanday elektron vositasiga (masalan, mobil telefon) uchinchi shaxslar tomonidan chegaralangan kirish. Foydalanuvchi o’zining qayd yozuvida Foydalanuvchi ma’lumotlari bilan amalga oshirilayotgan barcha amallar uchun javobgarlik va majburiyatlarni o’z zimmasiga oladi. Foydalanuvchi o’zining qayd yozuvidan noqonuniy foydalanish yoki xavfsizlikning buzilganligiga gumon qilganida yoki bundan xabar topganida, Mualliflik huquqi egasini darhol bundan xabardor qilishi shart.
    2. 5.2. Mualliflik huquqi egasi:

      1. 5.2.1. Olingan ma’lumotdan uchbu Siyosatda ko’rsatilgan maqsadlardagina foydalanishga;
      2. 5.2.2. Maxfiy ma’lumotni sir saqlanishini ta’minlash, Foydalanuvchining oldindan yozma roziligisiz oshkor qilmaslik. Mavjud ish aylanmasida bunday turdagi ma’lumot himoyasi uchun odatda ishlatiladigan tartibga muvofiq Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarining maxfiyligini himoya qilish uchun ehtiyot chora-tadbirlarini ko’rishga;
      3. 5.2.3. Foydalanuvchi yoki uning qonuniy vakili yoki shaxsiy ma’lumotlar subyektlarining huquqlarini himoya qilish bo’yicha vakolatli organ murojaat qilgan yoki so’rov yuborgan paytdan boshlab ishonchli bo’lmagan shaxsiy ma’lumotlar aniqlanganda yoki noqonuniy amallarga yo’l qo’yilganda tegishli Foydalanuvchiga oid shaxsiy ma’lumotlarni bloklashni amalga oshirishga majbur.
  8. 6. Cookie fayllaridan foydalanish

    1. 6.1. Foydalanuvchi Platformadan foydalanarkan, Siyosatda keltirilgan cookie fayllaridan foydalanishga rozilik beradi.
    2. 6.2. Cookie fayl — bu Platfromaga tashrif buyurganda brauzerda saqlanadigan matnning katta bo’lmagan parchasi. Mualliflik huquqi egasining Sayti cookie fayllarni Foydalanuvchi brauzeriga yuboradi. Foydalanuvchiga Platformaga kirish uchun ishlatgan har bir qurilmaga alohida cookie fayl tayinlanadi. Cookie fayllaridan foydalanish Mualliflik huquqi egasiga Foydalanuvchining qurilmadagi cookie faylida saqlangan ma’lumotlardan tashqari boshqa biror ma’lumotlarini ko’rsatib bermaydi. Sayt yig’adigan cookie fayllar Foydalanuvchining ism yoki manzil kabi shaxsiy ma’lumotlarini o`z ichiga olmaydi.
    3. 6.3. Mualliflik huquqi egasi cookie fayllarni Platforma Foydalanuchilarini identifikatsiya qilish uchun ishlatadi va Platforma ishini yaxshilash uchun Foydalanuvchilar Platformadan qanday foydalanishini tahlil qiladi.
    4. 6.4. Cookie fayllar cheksiz muddatga saqlanadi, faqatgina seans davomida emas. Biroq Foydalanuvchi o’zining brauzeri sozlamalarida cookie fayllarni oson yo’q qilishi mumkin.
    5. 6.5. Biz ishlatayotgan cookie fayllari turlari:

      1. 6.5.1. Majburiy bo’lgan cookie fayllar Platforma ishlashi uchun zarur. Platformaning ba’zi qismlari shu cookie fayllardan foydalanilmaganda ishlamagan bo’lardi.
      2. 6.5.2. Cookie funksional fayllar Mualliflik huquqi egasi tomonidan Foydalanuvchi afzal ko’radiganlarini aniqlash va Platformani shunga muvofiq sozlash uchun ishlatiladi. Cookie funksional fayllar Platformaning shaxsiy sozlamalarini eslab qolish va Foydalanuvchi taqdim etgan ma’lumotni (masalan, login, foydalanuvchi nomi, til va boshqa afzal ko’rilganlarni) saqlash imkonini beradi. Bu funksiyalar Platformani Foydalanuvchi uchun yanada qulay qilishga yordam beradi.
      3. 6.5.3. Tahliliy va foydalanishga oid cookie fayllar Foydalanuvchi Platformani qanday ishlatayotgani haqida ma’limotni saqlaydi, Mualliflik huquqi egasiga Platformadan foydalanishning takrorlanadigan ssenariylarini ko’rish imkonini beradi. Ular yordamida Foydalanuvchi Platformadan foydalanayotganda yuz beradigan xatolar tahlil qilinadi. Bu cookie fayllar shaxsni aniqlamaydi, va Mualliflik huquqi egasi uchun barcha ma’lumotlar anonim hisoblanadi.
    6. 6.6. Cookie fayllarini boshqarish:

      1. 6.6.1. Foydalanuvchi cookie fayllar sozlamalarini istalgan vaqtda o’zgartirishi, barcha cookie fayllarini yo’q qilishi yoki rad qilishi mumkin. Buning uchun Foydalanuvchi o’zining brauzerining cookie fayllaridan bosh tortishga imkon beradigan sozlamasini faollashtirishi kerak.
      2. 6.6.2. E’tibor bering, bu Platformaning ma’lum bir funksiyalarini ishlatish imkoniyati bo’lmasligiga olib kelishi mumkin.
  9. 7. Tomonlar mas’uliyatlari

    1. 7.1. Mualliflik huquqi egasi o’zining majburiyatlarini bajarmagan taqdirda Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlaridan noqonuniy foydalanish tufayli O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Foydalanuvchiga yetkazilgan zarar uchun javobgardir.
    2. 7.2. Maxfiy ma’lumot yo’qolgan yoki oshkor bo’lgan vaziyatda

      Mualliflik huquqi egasi, agar ushbu maxfiy ma’lumot:

      1. 7.2.1. U yo’qolishi yoki oshkor qilinishigacha ommaviyga aylangan,
      2. 7.2.2. Foydalanuvchi tomonidan oshkor qilingan bo’lsa, javobgarlikni zimmasiga olmaydi.
    3. 7.3. Qo’shimcha shartlar

      1. 7.3.1. Mualliflik huquqi egasi ushbu Maxfiylik siyosatiga o’zgarishlarni Foydalanuvchilar roziligisiz kiritish huquqiga ega.
      2. 7.3.2. Yangi Maxfiylik siyosati uni Saytda joylashtirgan vaqtdan kuchga kiradi, agar boshqasi Maxfiylik siyosatining yangi tahriri bilan nazarda tutilmagan bo’lsa.
      3. 7.3.3. Ushbu Maxfiylik siyosati bo’yicha barcha taklif va savollar support@lessenger.uz ga yuborilishi kerak.
      4. 7.3.4. Amaldagi Maxfiylik siyosati https://lessenger.uz/privacy-policy manzil bo’yicha joylashtirilgan.
  10. 8. Mualliflik huquqi egasi bilan bog’lanish uchun ma’lumot

    «Sarafan» Mas’uliyati Cheklangan Jamiyati Yuridik manzil: Toshkent sh., Mirzo Ulug’bek tumani, Yassi ko’chasi, 36 uy

    STIR: 307215754

    IFUT: 63120

    +998 (94) 050-98-50

    E-mail: support@lessenger.uz