Chat-kurslar va taʼlimda messenjerlardan foydalanish

Messenjerlar, ular faqatgina eʻtiborni chalgʻitadimi yoki ulardan bilimlarning mustaqil manbai sifatida foydalanish mumkinmi?

Ilm olish chat-kurslari taʼlimni yangi innovatsiyali shaklda oʻtkazishga imkoniyat beradi, bu esa motivatsiya beradi va taʼlim jarayonini yanada maroqliroq qiladi.

Chat-kurslar va taʼlimda messenjerlardan foydalanish

Mobil telefonlarning paydo boʻlishi ilm olish tarixida eng qiymatli burilishlardan biri boʻldi. Ilk qurilmalar Internetga kirish imkoniyatini bermagan, yashil ekranda esa qora harflar va raqamlar aks ettirilgandi. Va hattoki oʻsha oddiy telefonlar SMS va «tetris» hamda «iloncha» kabi oddiy oʻyinlar bizni chalgʻitardi.

Bugungi kunda koʻpchilik oʻqituvchilar aynan shu muammoga duch kelmoqda. Mobil telefonlar yanada aqlliroq boʻlib qoldi, va talabalar ulardan video tomosha qilish, musiqa tinglash, hodisalar oqimini uzatish, ijtimoiy tarmoqlarni koʻrib chiqish va bir zumdagi xabarlar bilan almashinish uchun foydalanishmoqda.

Telefonlar — yagona oʻzgargan narsa emas. Oxirgi yigirma yil ichida oʻqituvchilarning uyali texnologiyalarga munosabati ahamiyatli oʻzgardi. Ular telefonlarga taqiq qoʻyish va ularni olib qoʻyishdan ilm olish maqsadida ulardan foydalanishni qoʻllab-quvvatlashga oʻtdilar.

Avval oʻqituvchilar va bir qator ilmiy tadqiqotlar talabalarda eʻtibor davomiyligining yoʻqolishi, eʻtiborni jalb qila olmaslik, xotirasi yomonligi, uyquchanlik va fikru-hayoli faqat oʻzidaligi ijtimoiy ilovalarni ishlatishi natijasida deb ilovalarni ayblashardi.

Bir paytning oʻzida progressiv oʻqituvchilar ijtimoiy ilovalarni chalgʻitish manbai sifatida koʻrishdan toʻxtadilar va talabalarni ilovalardan bilimlarning mustaqil manbai sifatida foydalanishlariga undadilar.

Messenjerlar qansay qilib bilimlar manbaiga aylanishi mumkin

Eng oddiy shaklda, talabalar uyga vazifalarni bajarish vaqtida oʻqituvchiga yozishi va maslahatlashishi uchun va oʻqituvchilar oʻquvchilarga yangi oʻquv materiallarini yuborishlari uchun oʻqituvchilar va talabalar aloqa raqamlari bilan almashinadi.

Baʻzi oʻqituvchilar, trenerlar, infotadbirkorlar va ekspertlar kurslarni oʻtkazish, oʻquv materiallari bilan boʻlishish va muloqot qilish uchun, va bu bilan oʻz kurslarini yanada qiziqarli va maroqli qilish uchun messenjerlardan foydalanishadi.

Chat-kurslar oʻyin qoidalarini oʻzgartiradi

taʼlim qatnashchilariga messenjerlar orqali matnli xabarlar yozish qiyin, ayniqsa ularning koʻp soniga har xil vaqtda. Yechim? Maʻruzalarni matnlar, tasvirlar, audio- va videofayllar koʻrinishda tarqatadigan, shuningdek talabalar bilimini tekshiradigan dasturni ishlatish. Bunda oʻqituvchi oʻzining barcha mahoratini muhtojlarga shaxsiy yordam yoki maslahat berish uchun sarflashi mumkin.

Interfaol kursni tasavvur qiling, unda oʻquvchilar avtomatik ravishda ularning sevimli messenjeriga yuborilgan leksiya materiallarini oʻrganishmoqda va vazifalarni bajarmoqda, qiyinchikka duch kelganlarida esa, chatda muallif yoki kurs oʻqituvchisidan yordam soʻraydilar. Bir vaqtning oʻzida kurs muallifi oʻquvchining javoblari yoki uy vazifasini izohlashi mumkin.

Yuqorida koʻrsatilgan imkoniyatlardan tashqari, taʼlim chat-kurslari boshqa bir qator afzalliklarga ega:

  • Oʻqituvchilarda koʻp sonli odamlar bilan ishlash va, zarur boʻlganda, shaxsiy eʻtibor ajratish imkoniyati paydo boʻladi.
  • taʼlim oluvchilar oʻzlarining vaziyatlari va dars jadvaliga asoslanib oʻqish vaqtini tanlashadi.
  • Har kim kunning istalgan vatida darslar va testlarni.
  • Oʻquvchilar kurs muallifi / oʻqituvchi bilan bitta tugmaga bosish orqali bogʻlanishlari va yordam soʻrashlari mumkin.

Mualliflar, trenerlar va oʻqituvchilar chat-kurslarni qanday yaratishlari mumkin

Shu paytgacha mijozlarga xizmat koʻrsatish boʻlimlari va sotuv boʻlimlari uchun yaratgan afzalliklari tufayli chat-botlar trendda edi. Ulardan taʼlimda foydalanish esa, barcha foyda va innovatsiyalilikka qaramasdan, noqulayligi va taʼlim kurslarini anʻanaviy botlar yordamida yaratish hamda monetizatsiyalashda koʻp vaqt olishi bilan toʻxtatilib turardi.

Shuning uchun ham Lessenger kabi platformalar paydo boʻlmoqda, qaysilar osongina kursning oʻquvchilar bilan oʻzaro aloqasini avtomatik tarzda tashkil etib beradi. Chat-kurs yoki marafonni yaratish jarayoni shunchalik oson-ki, endilikda har bir bilimga ega odam chat-kurslarini yaratishi va undan turli messenjerlarda foydalanishi mumkin. Messenjerlarga mashhur Telegram, WhatsApp va WeChat kiradi.

Leksiya yoki marafonni qanday qilib avtomatik chat-kursga aylantirish mumkin

Ikki soʻz bilan aytganda, anʻanaviy oʻquv materialidan messenjerlarda chat-kurs yaratish uchun uni qismlarga boʻlish kerak, ushbu qismlarni mos ketma-ketlikda joylashtirib va, zarur boʻlganda, tasvir, infografika, audio- va video-kontent bilan toʻlirish kerak.

Maʻlumki, taʼlim jarayoni oʻquv materiali kichik qismlar bilan vaqt oraliqlari orqali taqdim etilganda charchatmaydi. Biroq materialni shunchaki qismlarga boʻlish yetarli emas, kurs oʻquvchini jarayonga jalb qilishi va “bilib olish, tushunish, bajarish, anglash” modeliga rioya qilishi kerak. Agar rasmiy taʼlimda bu masalalar jonli dialog yordamida trener va oʻquvchining teskari aloqasi bilan yechilsa, messenjerlarda biz buni oʻquvchining trener bilan virtual, emulirlangan dialogi yordamida amalga oshirishimiz mumkin.

Oʻquv materialining qismlarini joylashtirish va u bilan oʻza aloqani yaratishda quyidagi ketma-ketlikka rioya qilish tavsiya etiladi: (1) oʻquvchiga tushunchani taqdim qilish va tanishtirish; (2) savol berish yoki mashgʻulot tayinlash, va oʻquvchi toʻgʻri tushunganligiga amin boʻlish; (3) oquvchini bu bilimni amalda qoʻllashga undash; va (4) unga sodir boʻlganni anglashga imkoniyat berish.

Samarali chat-kursni yaratish haqida batafsil “Mikrotaʼlim kurslarini qanday yaratish mumkin” maqolasidan bilib olish mumkin

Chat-kurs yordamida oʻquvchilar bilimlarini qanday tekshirish mumkin

Lessenger - chat-kurslar yaratish platformasi kurslar topshiriqlar va testlarni oson yaratish imkonini beradi. Javob variantlari bilan savollar qoʻshib, siz oʻz foydalanuvchilaringiz ishini baholashingiz mumkin, hamda javobning turli variantlari uchun teskari aloqaning turli koʻrinishlarini taqdim etishingiz mumkin.

Lessenger platformasiga kirish uchun bunga oʻting, va bu mutlaqo tekin. Oʻz kontentingiz, savollar va ularga teskari aloqani kiriting va toʻliq ishlaydigan va avtomatlashtirilgan chat-kursga ega boʻling.

Xulosa

Kecha qoidalar va qiyin formulalrga asoslangan chat-botlarni yaratish kerak edi; bugun toʻliq funksionalli, interfaol chat-kurslarni xuddi matn terishdek oson yaratish mumkin.

Raqamli texnologiyalar davrida oʻqituvchilar, infotadbirkorlar, trenerlar va maslahatchilar doimo oʻz usullarini auditoriyasining soʻnggi gʻoyalari va qiziqishlariga moslashtirishlari kerak. Bu ijobiy muhit va yuqori jalb qilingalikni yaratishning yagona usuli.

Shuning uchun Lessenger va messenjerlarni bilimlarni uzatish uchun qoʻllashdan uyalmang. Yangi texnologiyalar sizni auditoriyangiz va mijozlaringiz bilan yaqinlashtiradi va kurslaringizni yanada joʻshqin va maroqliroq qilishga yordam beradi.