BARCHA UCHUN
Mashhur messenjerlarda
oraliqli mikrotaʼlimni
yaratish platformasi
Dasturli taʼminotni oʼrganmasdan va LMS zaruratisiz kurslarni yarating, monetizatsiyalang va cheksiz koʼlamlashtiring.
Juda qisqa va oson izohlangan kontentli darslar
Mikrokurs oʻquvchi uni bir, maksimum ikki haftada oʻzlashtira olishiga moʻljallangan — bu bilan birga ishi, oilasi va boshqa mashgʻulotlaridan ajralmagan holda.
Leksiyalar media bilan
Savollar va mashgʻulotlar
Muallifdan bir zumda teskari aloqa
Taʼlimda messenjerlardan foydalanish
uchun barcha keraklilar
Lessenger – kurslar, treninglar va marafonlarni yaratish va avtomatlashtirish uchun
koʼp maqsadli taʼlim tizimi. Telegram va WhatsApp boʼlgan barcha qurilmalarda
Kurslar muharriri
Kodsiz va qiyinchiliklarsiz, MS Word-dan tezro
Bilimlarni baholash
Baholashning barcha asosiy turlari: testlar, ochiq va yopiq savollar
Multimedia
Kursni tasvirlar, video va audiofayllar bilan birga olib boring
Yetkazib berish
Telegram bilan ishlaymiz, tez kunda WhatsApp, WeChat va Line-ni ham kiritamiz
Boshqaruv paneli
Taʼlimni oʼz ijtiomiy yoki tijorat maqsadlaringiz yoʼlida boshqaring
Tahlil
Kurslar sifatini tahlil qiling: ushlab qolish, oʼtish va javoblar toʼgʼriligi
Kurslar vitrinasi
Vitrinani boshqaring, foydalanuvchilar sizning kurslaringizni sotib olishlari va ularga roʼyxatdan oʼtishlariga imkon yarating
Toʼlovlar
Toʼlov usullarini qoʼshing va kurslaringizni soting
Asosiy mahsulotlar
Kurlar muharriri
Bir necha daqiqada kurslar yarating. Kontentni oddiy kurslar muharririga joylashtiring, mediafayllar bilan boyiting va ochiq, yopiq savollar va testlar shaklida interfaollik qoʼshing. Va siz avtomatik tartibda yuqori sifatli taʼlim berishga tayyorsiz. Bu Word-dan ham osonroq.
Boshqaruv paneli va tahlil
Real vaqt tartibida kontentni yetkazib bering va optimallashtiring. Kurslaringizga kirishni toʼliq boshqaring: vitrina, marketpleysga joylashtiring yoki foydlalnuvchilarni bevosita taklif qiling.
Muallif vitrinasi
Shaxsiy vitrinada kurslarni joylashtirib, faqatgina oʼzingizning auditoriyangiz bilan ishlang. Oʼz kurslaringiz uchun vitrinaga ega boʼling, unda siz hamma kurslaringizni yoki istaganlaringizni koʼrsatishingiz mumkin.
Marketpleys
Lessenger marketpeysi auditoriyasi bilan bevosita bogʼlaning. SEO-ning toʼgʼri parametrlari va Lessenger-ning reklama kampaniyalari auditoriya orasida bilim va ishonchni shakllantiradi, bu avtomatik ravishda sizga tarqaladi.
Imkoniyatlar
Lessenger - kurslar, treninglar va marafonlarni yaratish va avtomatlashtirish uchun
koʼp maqsadli taʼlim tizimi. Telegram va WhatsApp boʼlgan barcha qurilmalarda
Taʼlim istalgan joyda va istalgan vaqtda oʼtishi mumkin. Kontent qulay vaqtda Telegram yoki WhatsApp ilovalariga bevosita yetkazib beriladi. Hech narsani yuklash, sozlash va oʼzgartirish kerak emas.
Eʼtibor jamlanishining qisqaligi bilan ortiq kurashish shart emas. Mikrotaʼlimda odamlar katta boʼlmagan kontent bilan ishlaydilar, shuning uchun 5 daqiqadan kam vaqt ichida eng asosiysini bilib oladilar.
Bilish kerak boʼlganlarning barchasi oddiy raqamlarda. Oʼzlashtirish, oxirigacha yetib borish, javob aniqligi, hamda har bir darsning samaradorligi haqidagi maʼlumotlarni oson koʼzdan kechiring. Shunda siz oʼz kurslaringiz sifatini uzluksiz mukammallashtirishingiz mumkin.
Oʼrganilgan tushunchalar oʼzlashtirilganligini topshiriqlar yordamida tekshiring. Shunchaki ochiq savollar tuzing va sizning foydalanuvchilaringiz matn, hamda ovozli yoki video xabar koʼrinishida javob bera oladilar.
Jonli teskari aloqa bebaho. Alohida kurlar uchun avtomatik guruhlar yarating, javoblarni markazlashtirilgan tarzda boshqaring, individual javob bering.
Test savollari yordamida bilimlarni baholang. Har qanday kurslarga testli savollar qoʼshing, faqatgina test topshiriqlar yarating yoki test topshiriqlar atrofida taʼlim beruvchi kontent yarating.
Bilimlarni monetizatsiyalang. Kurslar yarating va soting. Shunchaki oʼrnatilgan toʼlov tizimlaridan birini qoʼshing va bank hisob raqamingizga toʼlovlarni qabul qiling.
Kurs tinglovchilarini taklif qiling. Foydalanuvchilaringizga yakka yoki ommaviy tarzda vazifa yuklang va ularga kurslar belgilang.