Payme’da kassa sozlamasi bo’yicha yo’riqnoma
Payme’ning bu yerda keltirilgan hujjatlari asosida tayyorlangan.
- Shaxsiy kabinetingizga kiring.
- Kerakli biznesni tanlang va unga bosing. Payme’da biznesingizni yaratishda sizga shartnomangiz ustida ish olib borayotgan xodim yordam beradi. Shuningdek ushbu yo`riqnomaga rioya qilgan holda siz bu o’zingiz mustaqil amalga oshirishingiz mumkin.
- Bu yerda tanlangan bizbesingiz bo’yicha barcha to’lovlar aks ettiriladi. Chapda “Kassalar” varaqasini topib, unga bosing.
- Yangi kassani yaratish uchun kassa qo’shish tugmasiga bosish zarur.
- Kassaning barcha ma’lumotlarini kiritish kerak bo’lgan oyna ochiladi.
- Keyingi varaqaga o’tamiz. Bu yerda Sizning kassangizga tegishli savdo belgisi haqidagi ma’lumotlarni to’ldirish zarur. Agar kassa biznesning savdo belgisi ostida ishlasa, “Biznesdan olish” belgisini qo’ying.
- Agar kassada xuddi biznesdagidek logotipdan foydalanilsa, “Biznes logotipidan foydalanish” belgisini bosish zarur. Aks holda, yangi logotip yuklash lozim (logotip hajmi 512 х 512 bo’lishi kerak).
- So’ngra tayinlangan kassalarni tanlash kerak bo’lgan oyna ochiladi. “Elektron to’lovlarni billing bilan qabul qilish” punktiga ko’rsatish kerak.
- Bu yerda Endpoint URL ni kiritish zarur.
- Havolani kiritganingizdan so’ng kassa rekvizitlarini ko’rsatishingiz lozim. «Rekvizitni qo’shish» tugmasini bosing.
- Kassaga rekvizitlar qo’shish oynasi ochiladi.
- Rekvizit qo’shilgandan so’ng Siz, zarur bo’lganda, «Yana qo’shish» tugmasini bosib, yana bir rekvizit qo’shishingiz yoki «Keyingi» tugmasini bosib, billingli kassani yaratishni nihoyasiga yetkazishingiz mumkin.
- Tabriklaymiz, Billingli kassangiz muvaffaqiyatli yaratildi!
Kassa nomi – Cheklar, kabinet va hokazolarda aks ettiriladigan kassa nomi. Minimal qiymat – O’zbek so’mida eng kam mumkin bo’lgan qiymat. Maksimal qiymat - O’zbek so’midagi to’lovning eng katta qiymati. So’mgacha yaxlitlash – To’lovning qiymatida tiyinlar bo’lsa, u so’mning eng yaqin katta butun sonigacha yaxlitlanadi.
Endpoint URL maydonchada https://api.lessenger.uz/payments/payme ko’rsating.
To’ldirilishi majburiy maydonchalarga (yulduzcha (*) bilan belgilangan maydonchalar) subscriptionId’ni yozing.
Lessenger’da to’lov usulini qo’shishga tayyorsiz.