Lessenger ommaviy ofertasi

MChJ «Sarafan» Bosh direktori Pak Yu. V. buyrug’i bilan tasdiqlayman

Buyruq №2022-13 2022 yil 1 dekabrdan

Dasturiy ta’minotdan foydalanish va buyurtmalar hamda to’lovlarni qayta ishlash bo’yicha topshiriqlarni bajarish uchun

OMMAVIY OFERTA

Тoshkent sh., 1 noyabr 2022 yil tahriri

Mazkur ommaviy ofertaning («Oferta») qoidalari «Sarafan» Mas’uliyati cheklangan jamiyatining quyida keltirilgan shartlar asosida Lessenger Platformasidan foydalanish bo’yicha taklifga rozi bo’lgan har qanday shaxs («Muallif») bilan bitim tuzish taklifi hisoblanadi.

1. Terminlar va ta’riflar

1.1. Lessenger Platformasi (Platforma) – ma’lumotlar va buyruqlar birlashmasi ko`rinishida taqdim etilgan brauzerli dastur; dastlabki matn, ma’lumotlar bazasi, audiovizual yaratilmalar, qonun bilan himoyalangan boshqa intellektual mulk obyektlari, shuningdek uni ishlatish bo`yicha barcha hujjatlarni o’z ichiga oladi. Platforma Internet tarmog’ida https://lessenger.uz manzilda joylashgan.

1.2. Muallif – o`zini o`zi band qilgan shaxs maqomiga ega bo`lgan, Platformada o`zining onlayn kurslari yoki boshqa kontentni joylashtirish va keyinchalik shunday kontentni O`quvchilarga taqdim etish maqsadida Platformadan foydalanadigan yuridik shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor yoki jismoniy shaxs. Ushbu ofertaning maqsadlari uchun kontent sifatida har qanday materiallar tushuniladi, jumladan audiovizual, matn shaklidagi va boshqa yaratilmalar, shuningdek sara materiallar, fonogrammalar, ijrolar va boshqa o`zaro bog`liq huquqlar obyektlari.

1.3. O`quvchi – Muallifning Platformada joylashtirilgan kontentiga kirishga qiziqish bildirgan shaxs. Platforma funksionali yordamida O’quvchi Muallifning kontentiga kirish uchun buyurtma rasmiylashtirish va to’lash huquqiga ega.

1.4. Shaxsiy kabinet – Lessenger Platformasining shaxsiylashtirilgan bo`limi bo’lib, unga kirish uchun autentifikatsiya ma’lumotlari: login (foydalanuvchi nomi) va parol (kirish kodi) kiritilishi kerak. Autentifikatsiya ma’lumotlarini kiritish va keyinchalik Shaxsiy kabinetdan foydalanish oddiy elektron imzodan foydalanish bilan teng. Shaxsiy kabinetga kirish Platformada ro`yxatdan o`tgandan so`ng mumkin bo`ladi.

1.5. To’lov – O’quvchi tomonidan tanlangan Muallifning har bir kursi yoki boshqa kontenti uchun amalga oshirilgan to’lovi. To’lov Muallif manziliga platformada ko’rish mumkin bo’lgan to’lov tizimlari orqali amalga oshiriladi. To’lovni amalga oshirishning boshqa usuli Muallif va O’quvchi o’rtasida kelishilishi mumkin.

2. Bitimni tuzish tartibi (Оfertani qabul qilish)

2.1. Onlayn kurslar, boshqa kontentni joylashtirish, uning keyinchalik tarqalishini yoki O’quvchilarga Lessenger Platformasi yordamida ta’lim va boshqa xizmatlarni ko’rsatishni istagan Muallif ushbu Ofertaning shartlarini ma’lum amallarni bajarish orqali qabul qilish huquqiga ega.

2.2. Muallif Platformadan foydalanishning ikkita variantidan birini tanlashi mumkin: bepul – imkoniyatlari cheklangan yoki pulli – imkoniyatlari kengaytirilgan.

2.3. Platformadan foydalanish uchun Muallif quyidagi tartibda amallarni bajarishi kerak: a) ushbu Ofertada ta’riflab berilgan shartlarni e’tibor bilan o’rganib chisiqish, va ko’rsatilgan shartlar bilan roziligini tasdiqlash uchun maxsus bo’limda chek-bokslarni to’ldirishi; b) o’zining to’liq va ishonchli ro’yxatdan o’tish va bog’lanish ma’lumotlarini ko’rsatgan holda Shaxsiy kabinetni ro’yxatdan o’tkazishi.

2.4. Shaxsiy kabinetni ro’yxatdan o’tkazish bo’yicha Muallifning amallari Platformadan foydalanish haqida ushbu Oferta shartlarini qabul qilganligini anglatadi. Ko’rsatilgan amallarni bajarib, Muallif Oferta bilan tanishib chiqqanini va Platformadan foydalanish haqidagi shartlar bilan tanishib chiqqanini va ularni to’liq so’zsiz qabul qilishini tasdiqlaydi.

2.5. Mualliflik huquqi egasi istalgan vaqtda bir tomonlama tartibda ushbu Ofertaning matnini o’zgartirishi, jumladan mukofotlar miqdorini uning yangi tahririni https://lessenger.uz/uz/public-offer manzil bo’yicha joylashtirish orqali o’zgartirish huquqiga ega. Shu sababli Muallif uning dolzarb matni bilan tanishishi uchun har ikki haftada kamida bir marta ko’rsatilgan manzilga tashrif buyurishi kerak. Ofertaning yangi shartlari bilan rozi bo’lmagan holda Muallif bir tomonlama tartibda ushbu Ofertaning 9 Bo’limidagi qoidalarga muvofiq rad etish huquqiga ega.

3. Platfromadan foydalanish qoidalari

3.1. Mualliflik huquqi egasi Muallifga Platfromadan uning funksional mo’ljallanganligiga muvofiq Platformada onlayn kurslar va boshqa kontentni joylashtirish va keyinchalik bunday kontentga O’quvchilar kira olishi imkoniyatini taqdim eta olishi bilan foydalanish huquqini beradi, Muallif esa Mualliflik huquqi egasiga Platfromadan foydalanishning tegishli huquqini olganligi uchun mukofotni to’lab beradi.

3.2. Muallif vakolati bo’lmagan uchinchi shaxslarga Shaxsiy kabinetga kirishni ruxsat bermasdan Platformadan faqatgina o’zining tijorat yoki notijorat maqsadlarida foydalanishi mumkin. Platformadan foydalanish huquqlari sublitsenziyalanishi mumkin emas.

3.3. Platformadan foydalanish huquqi Muallifga tanlangan tarifga qarab ma’lum bir vaqtga beriladi. To’langan muddat tugaganida Platfromaga kirish cheklanadi, O’quvchilarning Muallif tomonidan joylashtirilgan onlayn-kurs va kontentlarga kirishi esa to’xtatiladi. Muallif yangi muddatga to’lov kiritgan holda Platformadan foydalanish davrini uzaytirish huquqiga ega.

3.4. Tanlangan tarif rejasiga muvofiq Muallifga taqdim etilgan o’quvchilar (Foydalanuvchilar) soni va fayllar saqlanish joyi hajmi me’yordan oshganda, Mualliflik huquqi egasi Platfromaga kirishni to’xtatishi va(yoki) bir tomonlama tartibda tarif rejasini o’zgartirish huquqiga ega.

3.5. Muallif tomonidan ushbu Ofertaning qabul qilinishi Mualliflik huquqi egasidan reklama-axborotli tarqatmalarni (xabarlar va bildirishnomalar) qabul qilishga to’liq roziligini anglatadi. Bunday tarqatma Muallif ro’yxatdan o’tishda kiritgan elektron pochta manziliga va mobil telefon raqamiga, shuningdek xabarlar bilan almashinish uchun dasturlar orqali yuboriladi. Muallif istalgan vaqtda reclama-axborotli tarqatmani qabul qilishni rad etishi mumkin, buning uchun muqobil bildirishnomani support@lessenger.uz elektron pochta manziliga yuborish kerak.

4. Platformada Muallif tomonidan joylashtirilgan kontent

4.1. Platformada Muallif tomonidan kontent joylashtirilganda bunday kontent huquqi faqatgina Muallifda saqlanib qoladi.

4.2. Muallif platformada kontent joylashtirganda Mualliflik huquqi egasiga qayta yaratish, ommaviy ko’rsatish, jamoatchilikka yetkazish, shuningdek bunday kontentni Platformaning ishlashida zarur bo’lgan boshqa usullar bilan ishlatish, hududni cheklamasdan, mukofot to’lamasdan, Platformada kontent joylashtirilgan to’liq muddatga yakka bo’lmagan litsenziyani taqdim etadi.

4.3. Mualliflik huquqi egasi Platfromani boshqarishda axborot vositachisi vazifasini bajaradi, chunki: a) Platformaga Muallif tomonidan yuklanadigan kontentning tashabbuschisi hisoblanmaydi; b) bunday kontentni uni yetkazib berishda o’zgartirmaydi; c) bunday kontentning oldindan batafsil tekshiruvi/nazoratini amalga oshirmaydi.

4.4. Mualliflik huquqi egasining axborot vositachisi maqomi borligi sababli u uchinchi shaxslar intellektual huquqlarining Platformada Muallif tomonidan yuklanadigan kontentning joylashtirilishi va/yoki yuborilishi natijasida yuzaga kelgan buzilishiga javobgar emas.

4.5. Muallif Platformada onlayn-kurslar yoki boshqa kontent joylashtirishda qonunchilikning amaldagi talablariga rioya qilishga majbur. Xususan, Platformada quyidagilarni saqlagan kontentni joylashtirish man etiladi: a) uchinchi shaxslarning intellektual huquqlarini buzadigan yoki uchinchi shaxslar oldida majburiyatlarning buzilishini anglatadigan (maxfiylikka rioya qilish majburiyatlari ham kiradi); b) noqonuniy tusga ega yoki noqonuniy faoliyatning har qanday shaklini propaganda qiladi yoki uning amalga oshishiga ko’maklashadi; c) O’zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi hududida tarqatilishga taqiqlangan; d) qo’llaniladigan har qanday davlat, mahalliy yoki xalqaro qonunlar yoki normativ dalolatnomalarni buzadigan ta’lim yoki nou-xauni taqdim etadi; e) har qanday shaxs yoki shaxslar guruhiga nisbatan diskriminatsiya yoki diskreditatsiyaviy tabiatga ega; f) zarar keltiruvchi kompyuter dasturlarini (“viruslarni”) saqlaydigan.

4.6. Hech bir vaziyatda Mualliflik huquqi egasi Muallif tomonidan joylashtirilgan kontent uchun javobgarlikni zimmasiga olmaydi, jumladan, qolganlardan tashqari, kontentdagi har qanday xatolar, shuningdek kontentdan boshqa shaklda foydalanish yoki joylashtirish, yaratish natijasida yuzaga kelgan har qanday zararlar.

4.7. Muallif u tomonidan joylashtiriladigan kontent amaldagi qonunchilikka rioya qilishiga mustaqil javobgar, jumladan u yoki bu kontentni joylashtirganda yoki kontentning mazmuni uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzganda, shu jumladan mualliflarning shaxsiy mol-mulkka oid bo’lmagan huquqlarini, uchinchi shaxslarning intellektual huquqlarini, va/yoki ularga tegishli bo’lgan nomoddiy boyliklarga tajovuz qilganda, uchinchi shaxslar oldida javobgarlikni zimmasiga oladi.

5. Mukofot va Platformadan foydalanish

5.1. Platformadan foydalanishdan oldin Muallif amaldagi tarif planlaridan birini tanlaydi va to’lovni amalga oshiradi. Bular haqidagi ma’lumot Muallifning Shaxsiy kabinetida joylashtirilgan.

5.2. Tarif rejasining to’lovi tarif rejasini sotib olgan vaqtda to’liq oldindan to’lash tartibi bilan amalga oshiriladi. Muallifning mukofotni to’lash bo’yicha majburiyati tarif rejasi uchun to’lov muvafaqqiyatli o’tgan lahzadan boshlab bajarilgan hisoblanadi.

5.3. To’langan muddat tugashi bilan Platformaning tarif rejasi bo’yicha funksiyalarini ishlatish to’xtatiladi. Tarif rejasi yangi davrining amal qilishi yangi davr uchun to’lov o’tkazilgan kundan boshlab hisoblanadi.

5.4. Mualliflik huquqi egasi o’z tashabbusi bilan Platformadan foydalanish huquqini taqdim etgani uchun mukofot o’lchamini tarif rejalarini almashtirish yo’li bilan o’zgartirish huquqiga ega. Tarif rejasi o’zgargan holda Muallif o’zgarishlar bilan rozi bo’lishi, boshqa tarif rejasini tanlashi yoki shartnomadan voz kechishi mumkin. Tarif rejasining narxi to’langan davr tugamaguncha o’zgartirilishi mumkin emas.

5.5. Muallif ushbu Shartnomada ko’zda tutilgan majburiyatlarni buzganligi sababli Muallif yoki Mualliflik huquqi egasi tashabbusi bilan Shartnoma muddatidan oldin bekor qilinsa, to’langan tarif rejasi qiymati qaytarilmaydi.

5.6. Platformadan foydalanish bilan bog’liq xizmatlar oyidan keyingi oyning 5 (beshinchi) sanasidan kechiktirmasdan Muallifga uning shaxsiy kabinetida Platformaga kirish taqdim etilishi haqidagi dalolatnomani ko’rish mumkin bo’ladi.

5.7. 5.6 punktda ko’rsatilgan dalolatnomalar joylashtirilgan kundan boshlab 3 (uch) kun ichida Muallifdan dalolatnomalar mazmuniga nisbatan e’tirozlar bilan xat support@lessenger.uz elektron pochta manziliga tegishli so’rov bilan chiqish huquqiga ega.

6. Oferta va tomonlar huquqiy munosabatlarining amal qilishi va amal qilishi tugashi

6.1. Ushbu Ofertaning shartlari https://lessenger.uz saytida chop etilgan paytdan boshlab amal qiladi. Mualliflik huquqi egasi bir tomonlama tartibda Oferta shartlarini uning yangi versiyasini https://lessenger.uz saytida joylashtirib o’zgartirish huquqiga ega. Muallif Oferta matnidagi o’zgarish Mualliflik huquqi egasi va Muallif orasidagi qabul qilinganlik amalga oshirilganda bitilgan shartnomada o’zgarishga olib kelishi bilan rozi.

6.2. Ushbu Oferta bilan boshqariladigan Mualliflik huquqi egasi va Muallif orasidagi huquqiy munosabatlar Shaxsiy kabinetni ro’yxatdan o’tkazgan (Ofertani qabul qilgan) paytdan boshlab tomonlarning roziligi bilan tugatilishigacha yoki Mualliflik huquqi egasi yoki Muallifning bir tomonlama rad etishi natijasida tugashigacha amal qiladi.

6.3. Muallif istalgan vaqtda bir tomonlama tartibda ushbu Oferta asosida tuzilgan shartnomadan support@lessenger.uz elektron pochta manziliga Shaxsiy kabinetning yo’q qilinishi haqidagi talabini yo’llash orqali yoki Platformadan foydalanish uchun to’lovni amalga oshirishdan bosh tortish orqali voz kechish huquqiga ega. Shaxsiy kabinetni yo’q qilish yoki Platformadan foydalanish uchun to’lovni amalga oshirishni rad etish Muallifning Platformadan foydalanishdan to’liq voz kechishini anglatadi.

6.4. Mazkur Oferta asosida tuzilgan shartnomadan voz kechish, Muallifni O’quvchilar bilan ularga onlayn-kurslar yoki boshqa kontentga kirish haqidagi kelishuvini bajarish majburiyatidan ozod qilmaydi.

6.5. Agar Muallif Ofertada ko’zda tutilgan majburiyatlarini yoki O’zbekiston Respublikasi qoidalarini buzsa, Mualliflik huquqi egasi ushbu Oferta asosida tuzilgan shartnomadan Muallifning Shaxsiy kabinetini yo’q qilish yo’li bilan bir tomonlama tartibda voz kechish huquqiga ega.

6.6. Tomonlardan har biri bir tomonlama tartibda shartnomani bekor qilish huquqiga ega, buning uchun Shartnomani bekor qilish kutilayotgan sanadan kamida 30 (o'ttiz) kalendar kuni oldin niyati haqida yozma xabar yuborishi zarur.

6.7. Oferta asosida tuzilgan shartnoma muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda tomonlar pulli majburiyatlar bo’yicha o’zaro hisob-kitobni amalga oshiradi.

7. Intellektual mulk

7.1. Lessenger Platfromasi mualliflik va unga bog’liq huquqlar obyekti hisoblanadi. Platforma quyidagi intellektual mulk obyektlarini o’z ichiga oladi: a) sayt va Platformaning dasturiy kodi; b) Platfromaning dizayni elementlari, firmali uslubi va ko’rinishi; c) kontent, ya’ni har qanday ma’lumot, jumladan Servisda Mualliflik huquqi egasi tomonidan joylashtirilgan matnlar, audio- va videofayllar, fotosuratlar va boshqa mediafayllar; d) ma’lumotlar bazasi; e) individuallashtirish vositalari; f) Platforma va uning tarkibiy qismlariga tegishli barcha tuzatmalar, yangilanishlar, to’g’irlashlar va qo’shimchalar.

7.2. Oferta shartlariga muvofiq hech qanday intellektual mulk Muallif ixtiyoriga o’tkazilmaydi. Muallifning uchbu Oferta shartlariga binoan Platformadan faqatgina bevosita mo’ljallangan maqsadda foydalanish huquqi bor.

7.3. Xususan, Muallifga quyidagilar taqiqlanadi: a) dasturiy kodni chiqarib olish, Platformaning har qanday tarkibiy qismining kodini ko’chirib o’tkazish, o’zgartirish yoki u bilan bog’liq boshqa amallarni bajarish; b) Platformaning qayta ishlanmasi bo’lgan saytlar va servislarni yaratish; c) Platformaning tashqi ko’rinishi yoki tuzilishi asosida mualliflik yoki unga bog’liq huquqlar obyektlar yaratish; d) uchinchi shaxslarga Shaxsiy kabinetga kirishga ruxsat berish, jumladan sotish, litsenziya taqdim etish yoki sublitsenziyalash, ijaraga berish; e) firma nomi, logotip, dizayn elementlaridan, intellektual faoliyatning boshqa mahsulotlaridan va Mualliflik huquqi egasining individuallashtirish vositalaridan foydalanish; f) Lessenger Platformasi va Mualliflik huquqi egasining individuallashtirish vositalarini kontekstli, target yoki boshqa servislarning boshqa reklamasi uchun ishlatish.

8. Servis darajasi

8.1. Muallif Platformadan “qanday bo’lsa, shundayligicha” shartlarda foydalanishga rozilik beradi. Mualliflik huquqi egasi Platformaga kirishda xatolar bo’lmasligiga, boshqa dasturiy ta’minot, ilovalar, tizimlar yoki servislar bilan ishlashiga, uzluksiz ishlashiga, Platforma joylashgan serverlar har doim ishlaydigan holatda bo’lishiga, shuningdek boshqa texnik yoki telekommunikatsiyaviy xatolar bo’lmasligiga kafolat bermaydi.

8.2. Mualliflik huquqi egasi Platformani yaxshilash, tuzatish yoki boshqacha o’zgartirish huquqini o’zida saqlab qoladi. Platformada texnik ishlar olib borilganda va boshqa vaqtda unga kirish yopiq bo’lishi mumkin.

8.3. Mualliflik huquqi egasi Platformaning dasturiy-qurilma majmuasida profilaktik ishlarni olib borish davrida uning ishlashini vaqtinchalik to’xtatib qo’yish huquqiga ega.

8.4. Muallif Mualliflik huquqi egasiga Muallif tomonidan Platfromadan foydalanish mobaynida olingan texnik ma’lumotni yig’ish va undan foydalanishga rozilik beradi. Texnik ma’lumot Mualliflik huquqi egasi tomonidan faqatgina Platformaning funksional imkoniyatlarini optimallashtirish va xizmatlarni taqdim etish sifatini yaxshilash maqsadida foydalaniladi.

8.5. Platforma ishidagi xatolar aniqlanganda, Muallif Mualliflik huquqi egasiga tegishli so’rov yuboradi. Bu so’rov Mualliflik huquqi egasining qayd yozuvida ro’yxatga olinadi. Bartaraf qilish muddati va tartibi Mualliflik huquqi egasi tomonidan texnik imkoniyatlar, xatolar kelib chiqishi sabablariga qarab mustaqil belgilanadi.

9. Mas’uliyat

9.1. Mualliflik huquqi egasi hech qanday vaziyatda Muallif tomonidan boy berilgan foyda uchun javbgar emas.

9.2. Ushbu Oferta bilan boshqariladigan huquqiy munosabatlar doirasida Mualliflik huquqi egasining mas’uliyati Mualliflik huquqi egasining Muallifdan olgan mukofotidan ortiq bo’lishi mumkin emas.

9.3. Muallif Platformada joylashtirilayotgan kontent uchun mustaqil va to’liq javobgar, jumladan uchinchi shaxslarning alohida huquqlari buzilishlari uchun ham.

9.4. Muallif uchinchi shaxslarning shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlagan holatda Muallif O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish choralariga rioya qilinganlik javobgarligini mustaqil o’z zimmasiga oladi.

9.5. Mualliflik huquqi egasiga e’tirozlar, talablar yoki Muallif majburiyatlarini buzganligi bilan bog’liq uchinchi shaxslarning huquqi buzilganligi haqidagi ayblovlar qo’yilganda, Muallif ularni hal qilish bo’yicha majburiyatlarni o’z zimmasiga oladi va agar zararlar kelib chiqsa, ularni qoplab beradi.

10. Boshqa shartlar

10.1. Muallif va Mualliflik huquqi egasi oralarida baxs kelib chiqqanda tomonlar ularni hal qilishga muzokaralar orqali choralarni ko’radi.

10.2. Baxslarning sudgacha hal qilinish tartibi majburiydir. Tomon muzokaralar jarayonini qo’zg’atish uchun boshqa tomonga bog’lanish elektron pochta manzili bo’yicha yozma e’tirozni mazmun ta’rifi bilan yuboradi. Boshqa tomon 10 ish kuni ichida keltirilgan talablarga mos ravishda e’tirozga o’zining dalillari bilan javob yuboradi. E’tirozga javobda talablar bajarilishi to’liq yoki qisman rad etilsa, tomonlar keyingi 10 kun ichida muzokaralarni tashkil qiladi va o’tkazadi.

10.3. Tomonlar orasidagi o’zaro rozilikka muzokaralar yo’li bilan erishilmasa yoki belgilangan muddatda e’tirozga javob olinmagan vaziyatda, ushbu Ofertadan kelib chiqadigan baxs Toshkent xalqaro arbitraj markazi qoshidagi arbitraj sudida – agar Muallif yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor bo’lsa, yoki Mualliflik huquqi egasining manzili bo’yicha umumiy yurisdiksiya sudida hal qilinadi.

10.4. Ushbu Ofertaning biror qoidasi amal qilmaydigan yoki majburiy bajarilmaydigan bo’lsa, bu boshqa qoidalarning amal qilmasligi yoki bajarilmasligini anglatmaydi.

10.5. Tomonlarning ushbu Oferta orqali boshqariladigan huquqiy munosabatlarida chet el elementi mavjud bo’lsa, bunda qo’llaniladigan huquq O’zbekiston Respublikasining moddiy huquqi hisoblanadi.

11. Mualliflik huquqi egasi bilan bog’lanish uchun ma’lumotlar

«Sarafan» Mas’uliyati cheklangan jamiyati Yuridik manzil: Тoshkent sh., Mirzo-Ulug’bek tumani, Yassi ko’ch., 36 uy

h/r: 20208000405195178001 ATB «КАPITALBANK» ga

STIR: 307215754

МФО: 01088

IFUT: 63120

+998(94)050-98-50

E-mail: support@lessenger.uz